21 Dek Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Farg’ona politexnika institute o’rtasida ilmiy hamda ta’lim sohalaridagi hamkorlik to’g’risidagi bitim imzolandi.

image_print

Ushbu bitimning maqsadi, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti va Farg’ona politexnika instituti o’rtasida o’zaro manfaatli hisoblangan muxandislik yo’nalishlari bo’yicha bakalavr, magistr hamda fan doktorlarini tayyorlash, fan va ta’lim sohasida hamkorlikni yo’lga qo’yish, yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, o’quv-metodik, ilmiy adabiyot va didaktik materiallar almashish.

XX asrning 60 yillarida Respublikamizda, ayniqsa, Farg’ona vodiysida sanoat korxonalarining rivojlanishi, ishlab chiqarish quvvatlarining ko’payishi hududda milliy muhandis kadrlarga bo’lgan talabning keskin oshishiga sabab bo’ldi. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 251-A buyrug’iga asosan 1967 yilda Toshkent politexnika institutining Farg’ona filiali bazasida mustaqil Farg’ona politexnika instituti tashkil etildi.

Dastlab institutda 70 o’qituvchi-xodimlar ishlagan bo’lib, shundan 3 nafari fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo’lgan. Institutga Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi, “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi, 8-qurilish trestiga qarashli binolardan ajratib berildi. Qisqa vaqt ichida bu binolar o’quv mashg’ulotlari olib borish uchun moslashtirildi. 1967 yil avgust oyida institutga birinchi marta “Sanoat va fuqaro qurilishi”, “Mashinasozlik texnologiyasi” va “Energetika” mutaxassisliklari bo’yicha qabul amalga oshirildi.

Institutda ishlash uchun butun mamlakatdan ilmiy-pedagogik xodimlar, Toshkent politexnika institutini bitirgan qobiliyatli yosh mutaxassislar ishga taklif qilindi.

Yildan-yilga institut kengayib, yangi kafedralar, fakultetlar ochila bordi. Hozirgi kunda institut Farg’ona shahrining xushmanzara joyini makon etgan, uning o’quv binolari, yotoqxonalari, sport inshoatlari, axborot resurs markazi, dam olish, sihatgoh, madaniyat saroyi – hammasi jamul jam bo’lib, o’ziga xos talabalar shaharchasini tashkil etadi.

 

Manzil: Farg’ona shahar, 712028, Farg’ona ko’chasi, 86-uy

Telefon: 8 (373) 241-12-06

Email: ferpi_info@edu.uz

Web sahifa manzili: www.ferpi.uz