22 Dek Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz!

2017 yil 22 dekabr kuni universitetda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” shiori ostida taniqli teatr va kino aktyorlari, shoir va san’atkorlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirga xalqimizning sevimli san’atkorlaridan O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Abdumaruf Qodirov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Anvar G’aniyev, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nargiza Asadova, kinorejjisor Nugzar Xaydarov tashrif buyurdilar. Tadbirda universitet professor-o’qituvchilari, xodimlari, talabalari hamda “Chimboy” va “Achaobod” mahalla faollari ishtirok etdilar. San’atkorlar tomonidan ijro etilgan hazil-mutoyibaga boy chiqshlar hamda ajoyib she’r va qo’shiqlar barchaga birdek yuqori kayfiyat bag’ishladi.Ayniqsa yoshi ulug’ mahalla keksalari va faollari yuzida mamnunlik, xursandchilik yanada oshdi.
Shubhasiz, bu kabi madaniy-ma’rifiy tadbirlarning o’tkazilishi xalqimiz va yoshlarimiz qalbiga yaratuvchanlik, shukronalik bilan birga Vatan mehri va fidoiylik tuyg’ularini olib kiradi.