03 May YOSH OLIMLARNING INNOVATSION G’OYALARI VA TEXNOLOGIYALARI

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tashaffusi bilan  Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida “Yosh olimlar tadqiqotlarida innovatsion g’oyalar va texnologiyalarning o’rni”ga bag’ishlangan respublika miqyosida o’tkazilgan ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.

Bugungi kunda yuzlab yoshlarimizning xalqaro fan olimpiadalari, tanlov va festivallarda yuqori cho’qqilarni zabt etayotgani, ularning sharafiga Vatanimiz bayrog’I baland ko’tarilayotgani yoshlarimiz salohiyatini butun dunyo tan olayotganidan, yaratilayotgan shart-sharoitlar o’z samarasini berayotganidan dalolat bermoqda.

Mazkur anjuman Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yiliga bag’ishlab o’tkazildi. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganlaridek: “Inovatsiya-bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo’lsak, uni aynan innovatsion g’oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak”. Anjuman respublika yoshlarining ilmiy tadqiqotlaridagi innovatsion g’oyalar, yangi fikr va izlanishlarining amaliyot bilan bog’liqligi masalalarini qamrab olish bilan birga, yosh olimlar tadqiqotchilar, talabalar oldida turgan vazifalarini belgilab olishga bag’ishlaydi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalaridan Temurbek Mamajonov va Rasulbek Xakimovlar “Alternativ yoqilg’ilar” deb nomlangan mavzusi bilan anjumanda qatnashib eng yaxshi ilmiy ish nominatsiyasi g’olibi bo’lishdi. Biz talabalarimiz keying ilmiy ishlarida muvofaqiyatlar tilaymiz.