10 May Oliy ta’lim vaziligining respublika fan olimpiadasining 1-bosqich g’oliblari!!!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimining yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi PQ-2909-son, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risidagi PQ-3151-son Qarorlari talablaridan kelib chiqqan holda Oliy ta’lim muassasaliarida mutaxassislik va umumkasbiy fanlari bo’yicha o’z qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, istedodlarni ro’yobga chiqarishga keng imkoniyatlar yaratish uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida matematika, fizika, kimyo, avtomobilsozlik va traktorsozlik, informatika va axborot texnologiyalari, mashina va mexanizmlar nazariyasi, jumladan Shaharsozlik va arxitektura kafedrasi professor va o’qituvchilari tomonidan “Muhandislik kompyuter grafikasi” yo’nalishlari bo’yicha universitet talabalari o’rtasida respublika fan olimpiyadasining birinchi bosqichi o’tkazildi.

Birinchi bosqich 4 turdan iborat bo’lib, bunda 1-bosqichda F.Muxammadiyev, A.O’lmasov, N.Xudoyberganov, R.Xakimov, B.Mamadjanov, T.Mamajonov g’olib deb topildi va 2-bosqichga yollanma olishdi, jumladan talabalarning “Muhandislik komputer grafikasi” yonalishi bo’yicha olgan bilimlari va zamonaviy kompyuter programmalaridan qay darajada foydalana olishi baholandi. Tanlovda birinchi o’rinni Shaharsozlik va arxitektura fakultetining 3- kurs talabasi Axmedov Xamidullo egalladi, 2 va 3 o’rinlarni esa shu fakultetning 1-kurs talabalari Negmatov Geldiyor va Turg’unboev Azamlarga nasib qildi. Birinchi o’rinni egallagan talaba “Muhandislik kompyuter grafikasi” fanidan talabalar respublika fan olimpiyadasi 2-bosqichida qatnashish imkoniyatini qo’lga kiritdi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o’quv va ilmiy ishlar prorektori Igor Stievano g’oliblarni tabriklab ularga sertifikatlar topshirdi.

“Muhandislik komputer grafikasi” fanidan talabalar respublika fan olimpiyadasining 2-bosqichi 16-17 may kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida o’tkazilishi mo’ljallangan. Olimpiyadaning 2-bosqichida ishtirok etuvchi oliy ta’lim muassasalari tashkily qo’mitaga murojat etishingizni so’raymiz.

Hurmat bilan tashkiliy qo’mita:

Malumot uchun telefonlar: 246 50 23

Elektron pochta: saidislom.usmanov@polito.uz

Related Post

“Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innova... Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida shu yilning 18-19 fevralda bo‘lib o‘tgan tadbirda ayollarining ishlanmalari bilan atroflicha tani...
“Jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish prof... Tadbir 2019-yil 14-fevral kuni universitetda Toshkent shahr IIBB jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari polkovnik S.Axmedov, Olmazor tumani...
Qalami olamni zabt etgan siymolar Ayni kunlarda millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizning barc...
“Sog’lom turmush tarzini shakllantirish” va “To’g’... O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari T.Narbaeva hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vaziri I.Madjidov tomonidan...