28 May Ixtirochi ayollar innovatsion tadbirkorlik haftaligi yakunlari

Joriy yilning 21-26 may kunlari O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tomonidan Ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion tadbirkorlik haftaligi o’ztazildi. Unda mamlakatimizning turli tumanlaridan o’z tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo’lgan 200dan ziyod ixtirochi ayollar ishtirok etdilar. Ixtirochi ayollar innovatsion tadbirkorlik haftaligini o’tkazishdan asosiy maqsad:

  • mamlakatimiz xotin-qizlarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish va ularning o’ziga bo’lgan ishonchini orttirish;
  • xotin-qizlarning intellectual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilishlariga ko’maklashish;
  • xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatiga innovatsion yondashuvni joriy qilish;
  • xotin-qizlarning o’z biznes g’oya va loyihalarini amalga oshirishlariga ko’maklashish;

Ixtirochi ayollar innovatsion tadbirkorlik haftaligida intellektual mulkni huquqiy himoya qilish bo’yicha o’quv mashg’ulotlarii, biznes tadbirkorlik faoliyatni tashkil qilish bo’yicha seminarlar va tajribali tadbirkorlar bilan davra suhbatla o’tkazildi. Shuningdek «O’zbekiston ayollarning 100ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” I-Respublika tanlovi g’olibalari o’zlarining tadbirkorlik faoliyatlaridagi yutuq va muvafaqqiyatlari bilan o’rtoqlashdilar.

2018 yil 25 may kuni mamlakat ayollari hayotida yana bir muhim voqea sodir bo’ldi. Bu kuni Innovatsion Ixtirochi ayollar innovatsion tadbirkorlik haftaligiga yakun yasaldi. Shuningdek «Marketing darslari», «Tadbirkorlik saboqlari», «Intellektual mulkni himoya qilish» mavzulari bo’yicha 48 soatlik nazariy va amaliy malaka oshirish kurslari tinglovchilariga sertifikatlar topshirish taqdimoti o’tkazildi.

Tadbirda Toshkent shaxridagi Turin politexnika universiteti rektori K.Sharipov, UzLIDEP Olmazor tumani Markaziy apparati raisi B.Mirzakobilova ishtirok etdilar.