04 Iyun 1 iyun Хalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag’ishlangan shaxmat va shashka musobaqasi

Joriy yilning 31 may kuni universitetimizda «1 iyun Хalqaro bolalarni himoya qilish kuni»ga bag’ishlab sportning shaxmat va shashka turi bo’yicha «Shaxmat-aql gimnastikasi» shiori ostida musobaqa tashkil qilindi.

Musobaqada universitetimiz xodimlarining farzandlari va an’anaga ko’ra universitetga biriktirilgan «Achaobod» va «Chimboy» mahallalaridan bo’lgan bolalar ishtirok etib o’zaro bellashdilar.

Musobaqada yigirmadan ortiq 7 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolajonlar shaxsiy birinchilik uchun kurash olib bordilar. Musobaqa ochko tizimda o’tkazilib, ishtirokchining yutgan, mag’lub bo’lgan va durrang o’ynaganligi hisobga ollindi.

Musobaqa juda shiddatli o’tdi va qatnashchilar uch guruxga bo’lindilar. Bir gurux shashka va ikki gurux shaxmat bo’yicha. Yakuniy natijalarga ko’ra quyidagi bolajonlar sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritdilar:

Shaxmat:

Birinchi gurux:

– Abduvaliyev Saidbek 1 o’rin (Chimboy)

– Abdullajonov Usmon 2 o’rin (Chimboy)

– Jo’rayev Abdulbosit 3 o’rin (Chimboy)

Ikkinchi gurux:

– Xo’jaboyeva Madina 1 o’rin (universitet)

– Jo’rayev Davron 2 o’rin (universitet)

– Solixov Muhammadali (Achaobod)

Shashka:

– Xoliqov Muhammadsiddiq (Achaobod)

– Norbekov Odiljon (universitet)

– Axmadjonov Azlar (Achaobod)

Shundan so’ng bolajonlar uchun bayram dasturxoni yozilib barchalari taklif qilinib, shirinliklar  bilan mexmon qilindilar. Shuningdek musobaqada sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritgan va faol ishtirok etgan bolajonlar faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Bolajonlar bizning kelajagimiz. Ularga e’tibor ko’rsatish va yuksak marralarni egallashlarida ko’mak berish biz kattalarning vazifamizdir!

Related Post

“Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innova... Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida shu yilning 18-19 fevralda bo‘lib o‘tgan tadbirda ayollarining ishlanmalari bilan atroflicha tani...
“Jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish prof... Tadbir 2019-yil 14-fevral kuni universitetda Toshkent shahr IIBB jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari polkovnik S.Axmedov, Olmazor tumani...
Qalami olamni zabt etgan siymolar Ayni kunlarda millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizning barc...
“Sog’lom turmush tarzini shakllantirish” va “To’g’... O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari T.Narbaeva hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vaziri I.Madjidov tomonidan...