04 Iyun «Farzandlar tarbiyasining psixologik hususiyatlari» mavzusida psixolog bilan uchrashuv

Joriy yilning 1 iyun kuni universitet xodimlari uchun «Farzandlar tarbiyasining psixologik hususiyatlari» mavzusida psixolog bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda «O’zligingni angla» psixologik markaz direktori psixolog-maslahatchi Azimova Zamira Xusnitdinovna, direktor o’rinbosari psixolog maslahatchi Utekova Gozel Urazbayevna va psixolog maslajatchi Tadjitdinova Gulnora Djalolitdinovna tashrif buyurdilar.

Tadbir asosan ota-onaning farzand tarbiyasidagi o’rni, keskin o’zgarishlar, hatolar va maslahatlar to’g’risida, hususan, tarbiya usullari haqida bo’ldi.

Shuningdek tarbiya masalasida insoniylik hususiyati, jins, mentalitet, yosh va mijoz hususiyatlariga katta e’tibor qaratish zaruriyati haqida maslahatlar berildi.

Tadbir davomida shuningdek qaynona-kelin va er-xotin o’rtasidagi munosabatlar haqida muloqat bo’lib o’tdi. Unda barcha turmush qurish arafasida turgan yoshlar uchun tavsiyalar berildi.

Tadbir so’ngida barcha o’zi qiziqtirgan savoli bilan mutahassislarga murojaat qilib kerakli bo’lgan to’liq javoblarni oldi.

Related Post

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti... 25 mart kuni universitetimizga Koreyaning Sun Moon universiteti prezidenti Sun Jo Hvang boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif doirasida...
“Quvnoq startlar” sport musobaqasi Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2019 yil 19 mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti ayol xodimlari va “AvtoO...
Aziz vatandoshlar, qadrli hamkasblar va universite... Ona diyorimizga yasharish, yangilanish va nafosat fasli bahor o’zining go’zal ayyomlari bilan tashrif buyurdi. Bugun yurtimizning qay bir go’shasiga b...
“Avtomobil dizaynining rivojlanishida jahon tenden... “AVTOMOBIL DIZAYNINING RIVOJLANISHIDA JAHON TENDENSIYALARI” mavzusida bo’lib o’tgan seminar-trening Toshkent shahridagi Turin politexnika universite...