12 Iyun “Yagonasan, muqaddas vatan!” Respublika ko’rik-tanlovining 2 bosqichi o’tkazildi!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 7 apreldagi “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko’rik-tanlovini o’tkazish to’g’risida”gi PQ-1091-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda, ona O’zbekistonimizni ulug’lash, uni ko’z qorachig’idek asrash, sha’nu sharafini himoya qilish va yuksaltirish, shu oliy maqsad yo’lida fido bo’lib yashash kabi ezgu tuyg’ularni unib-o’sib kelayotgan yosh avlod qalbida kamol toptirish, Vatanga sadoqat, uning taqdiri uchun daxldorlik hissi bilan yo’g’rilgan mazmunan teran, badiiy etuk qo’shiqlar yaratishni rag’batlantirish va ularni xalqimizning ma’naviy mulkiga aylantirish maqsadida o’tkazilib kelinmoqda.

Muhtaram Prezidentimizning “Yagonasan, muqaddas Vatan!” Respublika qo’shiqlar tanlovini o’tkazish to’g’risidagi qarori madaniyat va san’at sohasiga, shuningdek, san’atkorlarga nisbatan alohida g’amxo’rligining yana bir yorqin ifodasi bo’ldi. Mazkur tanlov xalqimiz orasidan etishib chiqayotgan iste’dodli yoshlarga o’z mahoratlarini to’la namoyon etishlari uchun katta imkoniyat yaratib beradi.

Joriy yilning 11 iyun kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko’rik tanlovining 2-bosqichi Respublikamizning horijiy oliy ta’lim muassasalari o’rtasida o’tkazildi. Unga ko’ra ko’rik-tanlovda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti biznes va iqtisodiyot fakulteti 4-bosqich talabasi Safarov Shuhrat Suvonqul o’g’li «Shahrisabz» qo’shig’i, Ivan Mixaylovich Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahar filiali tashkilot va korxonalar iqtisodiyoti fakulteti 3 va 4-bosqich talabalari Kim Veronika Radionovna, Shamsiev Timur Abdumurod ug’li “Assalom” (muallif Ali Niezimbetov) qo’shig’i, Toshkent shahridagi Mixail Vasilevich Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti psixologiya fakulteti 3-bosqich talabasi Xayrulina Madina Faridovna “Vatan” (bastakor Jamshid Kosimov, shoir Muxammad Yusuf) qo’shig’i, hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti mashinasozlik texnologiyasi yo’nalishi, 2 bosqich talabasi Jabborova Surayyo Maqsudovna “Ta’zim qiling ona Vatanga” qo’shig’i bilan chiqish qildilar. Tadbirni universitet rektori Sharipov Kongradbay Avezimbetovich ochib berdi va barcha tashrif buyurgan ishtirokchilarni olqishlab, barchalariga omad tiladi.

Tadbirga ishtirokchilarni munosib va odil tarzda baholash maqsadida bir qancha tashkilotlardan, yani O’zbekiston Respublikasi Davlat Konservatoriyasi estrada cholg’ulari kafedrasi mudiri Xushnud Nazarov, O’zbekiston san’at va madaniyat instituti katta o’qituvchisi O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Komiljon Mirzaev, O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi Olmazor tumani Markaziy apparati raisi Mirzaqobilova Barno, Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi koshidagi dutorchi kizlar ansamblini yakkaxon xonandasi Kurbonova Muxabbat, Olmazor tumani madaniyat bo’limi boshlig’i birinchi o’rinbosari Ashirov Abdusamat Abdusattorovich va Olmazor tumani Yoshlar ittifoki Kengash raisi o’rinbosari jyuri sifatida ishtirok etdilar.

Barcha ishtirokchilar ona Vatanimiz xaqida jo’shqin g’ayrat ila go’zal kuy va she’rlar birligida xosil bo’lgan qo’shiqlarni ijro etib barcha yig’ilgan tomoshabinlar ko’ngillariga huzur bag’ishladilar. Hakamlar hay’atining fikr almashib, uzoq mulohazalardan so’ng birinchi o’rin Ivan Mixaylovich Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, ikkinchi o’rin Mixail Vasilevich Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, uchinchi o’rin Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va to’rtinchi o’rin Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti talabalariga nasib etganini ma’lum qildilar. Tadbir davomida shuningdek P.P.Benkov nomidagi Respublika san’at kolleji o’quvchilari tomonidan yaratilgan milliy liboslar ko’rgazmali defile chiqishlari o’tkazildi. Tadbir so’ngida barcha ishtirokchilar rektor tomonidan universitet esdalik sovg’alari va diplomlar bilan taqdirlandilar.

Related Post

Node JS kursi Korealik talabalar bilan O’tgan hafta Janubiy Koreyaning Soongsil, Korea, Hankook kabi yetakchi Universitetlaridan bir guruh talabalar O’zbekiston Oliy o’quv yurtlaridagi tala...
Turin politexnika universiteti talabasi xalqaro ol... Joriy yilning 22—28-iyul kunlari Bolgariyaning Blagoyevgrad shahrida talabalar o‘rtasidagi an’anaviy 25-xalqaro matematika olimpiadasi (International ...
Bitiruvchilarga diplomlarni topshirish marosimi o’... Joriy yilning 12 iyul kuni universitemizda quvonchli shodiyona bayram bo’lib o’tdi. To’rt yil o’ta mashaqqatli o’quv yilini munosib yakunlagan va baka...
“Sport-tinchlik timsoli!” shiori ostida mahalla yo... Joriy yilning 26-27 iyun kunlari universitetimizda Allon, Ziyo va Mirzo G’olib mahallalari bilan hamkorlikda mahalla yoshlari ishtirokida “Sport-tinch...