20 Iyun “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida mahalla yoshlari ishtirokida futbol musobaqasi o’tkazildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan “26 iyun-Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni” deb belgilangan bo’lib, dunyo hamjamiyati tomonidan turli tadbirlar orqali keng nishonlanib kelinadi.

Ushbu sana doirasida yurtimizda xayriya aktsiyalari, kontsert dasturlari, giyohvandlikning oldini olish va sog’lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan qator ko’rgazmalar, ommaviy tadbirlar, soha vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.

Shu munosabat bilan 18-20 iyun kunlari universitetimizda Chimboy, Allon, Achaobod mahallalari bilan hamkorlikda mahalla yoshlari ishtirokida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida futbol musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa qoidasiga muvofiq uch jamoa o’zaro bir-birlari bilan o’yin o’tkazdilar va yakuniy natijaga ko’ra Allon mahalla yoshlari birinchi o’rinni qo’lga kiritdilar. Ikkinchi va uchinchi o’rinni Achaobod va Chimboy mahalla yoshlari egalladilar.

Musobaqadan so’ng barcha jamoa a’zolari uchun universitetimizning diqqatga sazovor joylaridan biri bo’lmish texnopark markaziga ekskursiya uyushtirilib yoshlarga markaz hayoti haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.

Musobaqa yakuniga ko’ra barcha ishtirokchilar musobaqa tashkilotchilari va shaxsan universitet rektori K.Sharipov tomonidan diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek universitet raxbariyati tadbirni o’tkazishda yaqindan hamkorlik qilib, yoshlarning faol ishtirokini ta’minlashda yordam ko’rsatgani uchun barcha mahalla fuqarolar yig’ini jamoalarini tashakkurnomalar bilan taqdirladi.

Related Post

“Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innova... Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida shu yilning 18-19 fevralda bo‘lib o‘tgan tadbirda ayollarining ishlanmalari bilan atroflicha tani...
“Jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish prof... Tadbir 2019-yil 14-fevral kuni universitetda Toshkent shahr IIBB jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari polkovnik S.Axmedov, Olmazor tumani...
Qalami olamni zabt etgan siymolar Ayni kunlarda millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizning barc...
“Sog’lom turmush tarzini shakllantirish” va “To’g’... O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari T.Narbaeva hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vaziri I.Madjidov tomonidan...