28 Iyun «Yilning eng faol yosh mutaxassisi» Respublik ko’rik tanlovi muvafaqqiyatli yakunlandi

«Yilning eng faol yosh mutaxassisi» Respublik ko’rik tanlovi muvafaqqiyatli yakunlandi
O’zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan tarmoq korxonalarida faoliyat yuritayotgan yosh ishchi-xodimlar o’rtasida «Yilning eng faol yosh mutaxassisi» ko’rik tanlovi o’tkazildi. Tanlovning asosiy maqsadi yosh ishchi-xodimlarning ratsionizatorlik tashabbuslari, kaydzen g’oyalarini xar tomonlama qo’llab-quvvatlash. O’zbekiston iqtisodiyotiga, ishlab chiqarish korxonalariga katta naf keltirayotgan yoshlarni rag’batlantirishdan iboratdir.
Tanlovning «Eng faol yosh mashinasoz» va «Eng faol yosh elektrotexnik» nominatsiyalarida ishtirok etish istagida 100dan ortiq yosh ishchi-xodimlar hujjatlar taqdim etishdi.
O’zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan tashkil qilingan komissiya taqdim etilgan ishlarni baholash mezonlariga asosan baholab chiqdi. 100dan ortiq ishdan Respublika bosqichiga 22ta eng yaxshi g’oyalar tanlab olindi.
Joriy yilning 27 iyun kuni universitetimizda ushbu ko’rik tanlovda ishtirok etib g’olib bo’lgan va e’tiborga loyiq yosh mutaxassislarni taqdirlash marosimi o’tkazildi.
22 nafar Respublika bosqichi ishtirokchilaridan 6 nafari 2 nominatsiya bo’yicha 1-2-3-o’rinlarni qo’lga kiritgan ishtirokchilar Respublika Kengashining qimmatbaxo sovg’alari bilan taqdirlandilar. Qolgan 16 nafar ishtirokchilarga ham Respublika Kengashining esdalik sovg’alari va diplomlari topshirildi.
2 nominatsiya bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritgan 6 nafar ishtirokchining bugungi kunda O’zbekiston iqtisodiyotiga keltirgan foydasi 1 milliard 300 million so’mdan ortiq summani tashkil etgani taqsinga sazovordir.
Universitetimiz bitiruvchilaridan bo’lgan hozirda universitet hodimi Bahtiyor Yoqubov o’zining “Elektron byudjet” va universitetimiz texnoparki yangi loyihalar bo’yicha muhandisi Sardor Umarov o’zining “ISUZU-HC40” asosiga qurilgan “Mobil Davlat Xizmatlari markazi” loyihasi bilan qatnashdilar.
Sardor Yusupov ushbu tanlovda 3 o’rinni qo’lga kiritgani universitet uchun katta faxr.
U taqdirlash marosimida chiqish qilib o’zining yaratgan loyihasi haqida batafsil ma’lumot berdi. Unga ko’ra Adliya vazirligi huzuridagi “ Mobil Davlat Xizmatlari markazi ” loyihasi juda ko’p qulaylik va imkoniyatlarni yaratadi.
Ushbu mobil ofis orqali bir qancha davlat xizmatlarini eng chekka joylarda ham borib ko’rsatish mumkin. Notarius , FXDYO xizmatlari va boshqa davlar xizmatlari shu jumladandir.
Mobil ofis barcha kerakli jihozlar bilan taminlangan. Kompyuterlarni wi-fi tizimi orqali tarqatilingan internet manbayiga ulanish imkoniyatiga ega. Shuningdek mobil ofis printer va skayner qurilmalari bilan ham jihozlangan.
Eng asosiysi avtobus 1kW quvvatga ega alternativ quyosh batareyalari bilan va energiya to’plovchi batareyalar bilan jihozlangan bo’lib, o’zini o’zi elektr energiya bilan ta’minlash imkoniyatini beradi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o’zlarining loyihalarining taqdimotini o’tkazdilar.
Bu kabi yoshlarning o’z ustida ishlab texnika yo’nalishida erishayotgan yutuqlari kelajakda o’z samarasini bermay qolmaydi!

Related Post

Joriy yilning 30-noyabridan 2-dekabriga qadar poytaxtimizda Open Data Challenge-2018 (Xakaton) — ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda ilovalar i...
Maqsud Shayhzoda tavalludining 150 yilligi 2018 yi... Tashrifdan maqsad o'zbek adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri bo'lmish mashhur shoir Maqsud Shayxzoda tavalludining 150 yilligi munosabati bilan...
“Diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvli... 2018 yil 1 noyabr kuni universitetimizda vatanparvarlik va diniy bag’rikenglik mavzulariga bag’ishlangan ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Uchrashuvga Olmaz...