16 Iyul Bitiruvchilarga diplomlarni topshirish marosimi o’tkazildi

Joriy yilning 12 iyul kuni universitemizda quvonchli shodiyona bayram bo’lib o’tdi. To’rt yil o’ta mashaqqatli o’quv yilini munosib yakunlagan va bakalavr darajasiga loyiq bo’lgan universitet bitiruvchilarini an’anaviy diplomlar bilan taqdirlash marosimi o’tkazildi.
Universitetga bayramona bezak berilib, hursandchilik shukuhi olib kirildi. Bir tomonda bitiruvchilar rasmiy ridolarda, bir tomonda ularning ko’zlari cheksiz quvonchga to’la ota-onalari hayajonli daqiqalar og’ushida edilar. Bu baxtli onlar simfonik orkestr tomonidan ijro etilgan kuylar ostida davom etdi.
Tadbirni universitetimiz rektori K.A.Sharipov ochib berdi. U o’z nutqida bitiruvchilar va ularning ota-onalarini bayram bilan qutlab ularga kelgusida ulkan muvafaqqiyatlar tiladi.
Shundan so’ng so’z Italiya Turin politexnika universiteti rektori Guido Sarakkoga berildi. U ham o’z o’rnida mamlakatimizga qilgan birinchi tashrifidan mamnun ekanligi va universitetimiz ichki hayoti nufuzi yuqori darajaligidan hursand ekanligini yashirib o’tirmadi va barcha bitiruvchilarni olqishladi.
Tabrik so’zi bilan shuningdek Italiya Respublikasi muxtor elchisi Andrea Bertotsi so’zga chiqdi va tashrif buyurgan barcha bitiruvchilar-u, mexmonlarni bayram bilan chin yurakdan tabrikladi. U shuningdek O’zbekiston Respublikasi va Italiya Respublikasi o’rtasidagi hamkorlik o’z samarasini berayotgani, o’zaro aloqalar bundan keyin ham rivojlanib borishi haqida aytib o’tdi.
Tadbir tartibiga ko’ra gal diplomlarni bitiruvchilarga topshirishga keldi. Unda Toshkent shaxridagi Turin politexnika va Italiya Tuin politexnika universitetlari rektorlari K.A.Sharipov va Guido Sarakko bitiruvchilarga birma-bir diplomlarni topshirdilar. Ushbu baxtli onlar yig’ilganlarning olqishlari va quvonchga to’la hayqiriqlari bilan kuzatib borildi.
An’anaga ko’ra tabrik so’zi bitiruvchilardan biriga, yani Nuriddin Burxonovga berildi. U kata hayajon bilan nutq so’zlar ekan, o’tgan yillar davomida o’z bilimlarini ayamasdan, fanning barcha sir-sinoatlarini o’rgatgan professor-o’qituvchilari, yelkama-yelka turib bir-birlarini qo’llab-quvvatlagan do’stlari va ne umidlar bilan bu kunlarni orziqib kutgan ota-onalari, ta’lim olish uchun bunday sharoitlarni yaratib bergan davlat va millat oldida ta’zim qildi va o’zining qalbidagi niyatlarini izhor etdi.
Bitiruvchilardan birining bobolari bo’lmish Akromjon Matyoqubov ham o’z tilaklarini bildirish maqsadida sahnaga taklif qilindi va barcha bitiruvchilarni olqishlab ularga kelajakda zafarlar tiladi.
Shundan so’ng tadbirning rasmiy qismi o’z nihoyasiga yetib, badiiy qismi ochiq deb e’lon qilindi. Universitetimizga maxsus taklif etilgan Aziz Yo’ldoshev va B-Band guruhi o’zbek va jaxon estradasidan bo’lgan kuylarni ijro etib barchaga a’lo kayfiyat bahsh etdilar. Ushbu jamoaga universitet madaniy-ma’rifiy tadbirlarida faol ishtirok etib yaqindan hamkorlik qilgani uchun universitet rektori K.A.Sharipov tashakkurnoma va esdalik sovg’asi bilan taqdirladi.
Tadbir so’ngida barcha bitiruvchilar va universitet professor-o’qituvchilar jamoasi esdalik uchun jamoaviy sur’atga tushdilar.
Bitiruvchilarimizga kelgusi hayotlarida yangi marralarni zabt etib, o’z mutaxassisliklarining mohir ustasi bo’lib yetishishlarini tilab qolamiz!

Related Post

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti... 25 mart kuni universitetimizga Koreyaning Sun Moon universiteti prezidenti Sun Jo Hvang boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif doirasida...
“Quvnoq startlar” sport musobaqasi Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2019 yil 19 mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti ayol xodimlari va “AvtoO...
Aziz vatandoshlar, qadrli hamkasblar va universite... Ona diyorimizga yasharish, yangilanish va nafosat fasli bahor o’zining go’zal ayyomlari bilan tashrif buyurdi. Bugun yurtimizning qay bir go’shasiga b...
“Avtomobil dizaynining rivojlanishida jahon tenden... “AVTOMOBIL DIZAYNINING RIVOJLANISHIDA JAHON TENDENSIYALARI” mavzusida bo’lib o’tgan seminar-trening Toshkent shahridagi Turin politexnika universite...