02 Avg Turin politexnika universiteti talabasi xalqaro olimpiadada bronza medal soxibiga aylandi

Joriy yilning 22—28-iyul kunlari Bolgariyaning Blagoyevgrad shahrida talabalar o‘rtasidagi an’anaviy 25-xalqaro matematika olimpiadasi (International Mathematics Competition for University Students) bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro olimpiadada O‘zbekistonliklardan 4 nafar talaba ishtirok etdi.

O‘zbekiston Milliy Universiteti matematika fakultetining 4-bosqich talabalari Hakimboy Egamberganov va Shohruh Ibragimovlar oltin medallar (1-darajali diplom), Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti mexanik muhandislik fakulteti 3-bosqich talabasi Farrux Muxammadiyev va O‘zbekiston Milliy Universiteti matematika fakultetining 1-bosqich talabasi Tolibjon Ismoilovlar esa bronza medallar (3-darajali diplom) bilan taqdirlandi. Talabalar o‘rtasidagi eng nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi hisoblanmish ushbu olimpiada 1994-yildan buyon muntazam o‘tkazilib kelinmoqda. Olimpiadada qatnashchilarga ikki kun davomida Algebra (chiziqli va abstrakt), Analiz (haqiqiy va kompleks), Geometriya va Kombinatorika sohlaridan masalalar beriladi va ulardan yechimlarini ingliz tilida taqdim etishlari talab etiladi. Olimpiadadan so‘ng qatnashchilarning yozma ishlari jamoa rahbari tomonidan himoya qilinadi va ballar to’planadi.
Ta’kidlash joizki, Hakimboy Egamberganov va Shohruh Ibragimovlar 2017-yilgi talabalar o‘rtasidagi 24-xalqaro matematika olimpiadasida ham oltin medallarni qo‘lga kiritgan. Farrux Muxammadiyev va Tolibjon Ismoilovlar esa akademik Qori-Niyozov xotirasiga bag‘ishlangan 2018-yilgi Respublika matematika olimpiadasining g‘oliblaridir.
Toshkent politexnika universiteti rektori professor K.Sharipov qoliblarni tabriklar ekan, bolg’isi muhandis albatta juda katta matematik bilimga ega bo’lishi kerak deydi.

Jamoaning ushbu xalqaro olimpiadada ishtirok etishida moddiy va tashkiliy tomondan ko‘rsatgan yordam va homiyliklari uchun O‘zbekiston Milliy Universiteti rahbariyatiga, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rahbariyatiga, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashiga hamda xususiy tadbirkor Davron Madirimovga talabalar o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Related Post

Node JS kursi Korealik talabalar bilan O’tgan hafta Janubiy Koreyaning Soongsil, Korea, Hankook kabi yetakchi Universitetlaridan bir guruh talabalar O’zbekiston Oliy o’quv yurtlaridagi tala...
Bitiruvchilarga diplomlarni topshirish marosimi o’... Joriy yilning 12 iyul kuni universitemizda quvonchli shodiyona bayram bo’lib o’tdi. To’rt yil o’ta mashaqqatli o’quv yilini munosib yakunlagan va baka...
“Sport-tinchlik timsoli!” shiori ostida mahalla yo... Joriy yilning 26-27 iyun kunlari universitetimizda Allon, Ziyo va Mirzo G’olib mahallalari bilan hamkorlikda mahalla yoshlari ishtirokida “Sport-tinch...
«Yilning eng faol yosh mutaxassisi» Re... "Yilning eng faol yosh mutaxassisi" Respublik ko'rik tanlovi muvafaqqiyatli yakunlandi O'zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari x...