12 Avg Node JS kursi Korealik talabalar bilan

O’tgan hafta Janubiy Koreyaning Soongsil, Korea, Hankook kabi yetakchi Universitetlaridan bir guruh talabalar O’zbekiston Oliy o’quv yurtlaridagi talabalarning Informatsion Texnologiyalari sohasidagi bilim va mahoratini oshirish maqsadida O’zbekistonga tashrif buyurishdi. Ushbu yozgi o’quv kursi KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) tomonidan har yili Turin Politexnika Universitetida o’tkazilib kelinadi.
Bu tashrifdan asosiy maqsad O’zbekiston va Janubiy Koreya o’rtasidagi do’stlik munosabatlarini rivojlantirish, ikki davlat madaniyatidagi farqi va umumiyligini bir biri bilan o’rtoqlashish. Shu maqsadda tashrif buyurgan ko’ngilli yoshlar bizning talabalarga Janubiy Koreya yashash tarzi haqida ma’lumot berishadi.
O’quv kursi Iyul oyining 18chi sanasidan 21-Avgustga qadar Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida davom etadi. Dars jarayonida Toshkent Turin Politexnika Universiteti va Jizzax Politexnika instituti talabalari Node JS kompyuter programmasidan kerakli bilimlarga ega bo’lishmoqda. Undan tashqari qatnashuvchilar Koreya madaniyati, tili, yashash tarzi haqida tanishib chiqishmoqda.