16 Avg Fransiyalik adabiyotshunos universitetimiz mehmoni

Joriy yilning 7-8-avgust kunlari Toshkent shahrida «O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari» mavzusidagi xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Mamlakatimiz Prezidentining tashabbusi bilan birinchi bor tashkil etilgan ushbu nufuzli konferensiya ma’naviy hayotimizdagi muhim voqealardan biri bo‘ldi. Anjumanda 20 dan ortiq davlatlardan shoir va yozuvchilar, adabiyotshunoslar ishtirok etishdi.
Konferensiyada mumtoz va zamonaviy o`zbek adabiyoti bilan xorijlik mutaxassislarni yaqindan tanishtirish, o`zbek adabiyoti tarixi, buguni va istiqboliga doir qarashlar, mamlakatimizda adabiyot rivoji, uni xalqaro miqyosda o`rganish va targ`ib etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan chet ellik soha vakillari bilan fikr almashildi. Bundan tashqari, anjuman ishtirokchilari yurtimizdagi oliy o’quv yurtlariga tashrif buyurib, mamlakatimizdagi ta’lim tizimi va universitetlardagi sharoit bilan yaqindan tanishdilar.
Xususan, ushbu anjumanga Fransiyadan tashrif buyurgan Parij-Sarbon universitetining professori , adabiyotshunos Helene Melat 12-avgust kuni universitetimizga tashrif buyurdi va universitet auditoriyalari, laboratoriya xonalari, universitet axborot resurs-markazi, mexatronika va metrologiya markazlarini ko’zdan kechirib talabalarimiz bilan muloqotda bo’ldi.
Aytish mumkinki, malakatimizda bo’lib o’tgan ushbu xalqaro konferensiya nafaqat muhim ijodiy muammolarni atroflicha muhokama qilish va ijodiy hamkorlikni kuchaytirish, balki dunyoning boshqa mamlakatlari bilan do‘stlik aloqalarini tiklash va mustahkamlash bo’yicha ham muhim amaliy ahamiyatga ega bo’ldi.

Related Post

“Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innova... Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida shu yilning 18-19 fevralda bo‘lib o‘tgan tadbirda ayollarining ishlanmalari bilan atroflicha tani...
“Jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish prof... Tadbir 2019-yil 14-fevral kuni universitetda Toshkent shahr IIBB jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari polkovnik S.Axmedov, Olmazor tumani...
Qalami olamni zabt etgan siymolar Ayni kunlarda millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizning barc...
“Sog’lom turmush tarzini shakllantirish” va “To’g’... O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari T.Narbaeva hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vaziri I.Madjidov tomonidan...