24 Avg Orol dengizi atrof-muhit muhofazasi

Janubiy Koreyaning “KUARA”, “KU Social Service Organization”, Koreya universiteti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Samarqand “KOIKA” kasb-hunarga o’qitish markazi, Buxoro Davlat universiteti, Xorazm hokimligi va Toshkent pediatriya tibbiyot institute Nukus filiali tomonidan 14-27 avgust kunlari “Orol dengizi atrof-muhit muhofasi” nomli xalqaro anjuman bo’lib o’moqda. Halqaro anjuman 15 avgustda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ish boshladi. Janubiy Koreaning Koreya universiteti talabalari va boshqa tashkilotlardan 60 dan ortiq ishtirokchilar anjumanda qatnashdilar, jumladan Koreya universiteti prorektori Park Gil Seung va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori o’z ma’ruzalarida O’zbekiston-Janubiy Koreya talabalarni hamkorlikda ekologik muammolar, atrof-muhit muhofazasi va Orol dengizi muhofazasini birgalikda himoya qilishni ta’kidlab o’tdi va mazkur xalqaro anjuman har yili o’tkazilishini elon qildi. Bu anjuman Toshkent, Samarqand, Xiva va Nukus shaharlarida bo’lib o’tmoqda, asosan Koreya universiteti va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari iqlim o’zgarishlari, zararli changlar, havoning ifloslanishlari, sanoat korxonalari va avtomobillar chiqaradigan zaharli gazlarni ekologiyaga ta’sirini ilmiy-tadqiqotlarida ko’rsatib o’tdi.

“O’zbekiston ekologik harakati” Markaziy Kengashi ijroiya qo’mitasi raisi o’rinbosari S.Sanginov hozirgi kundagi ekologik muammolar, jumladan Orol dengizi muammosini butun hududlarga ta’sirini, suv resurslardan oqilona foydalanishni qo’mita o’z oldiga asosiy vazifa qilib olganini, bu muammolarni O’zbekiston Respublikasi parlamentida 15 ta deputat a’zoligida atrof-muhit muhofasida qonunchilik normalari kiritilib borilishini e’tirof etdi.