03 Sen Mustaqilligimizning yigirma yetti yilligiga bag’ishlangan bayram

Yurtimizda 1-sentabr – Mustaqillik kuni, mamlakatimiz istiqlolga erishgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro‘yobga chiqqan buyuk tarixiy sana xalqimiz tomonidan eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida doimo katta shodu xurramlik bilan nishonlanib kelinadi. Ushbu sana munosabati bilan universitetimizda ham bayram dasturxoni yozilishi an’anaga aylanib bormoqda.
30 avgust kuni universitetimizda mustaqilligimizning yigirma yetti yilligiga bag’ishlab,  “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida bayram tadbiri o’tkazildi. Unda universitet professor –o’qituvchilari, xodimlar va talabalar hamda “Mirza G’olib”, “Ziyo”, “Beruniy”, “Chimboy” va “Achaobod” mahalla nuroniy va faollari ishtirok etishdi.
Tadbirni universitet rektori K.A.Sharipov ochib berdi va mustaqillik yillarida mamlakatimiz va universitetimiz professor –o’qituvchilari, yoshlari tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlar va oldimizda turgan yangi rejalar xususida to’xtalib o’tdi va yig’ilganlarni ayyom bilan qutladi. Shundan so’ng, O’zbekiston Respublikasining yigirma yetti yilligi munosabati bilan mamlakatimiz yoshlarining yetuk mutaxassis bo’lib yetishishida, universitet ravnaqi uchun oldiga qo’yilgan vazifalarni sidqidildan bajargani hamda fidokorona mehnatlari uchun bir qator universitet professor-o’qituvchilari va xodimlari hamda universitetni obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan obodonlashtirish departamenti xodimlari faxriy yorliq va qimmat baho sovg`alar bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, «Tabiiy va matematika fanlari» kafedrasi mudiri Dilshod Ubaydullaevich To’laganov o`z nutqida bayram tadbirining barcha ishtirokchilarini ulug` ayyom bilan tabriklab, kelgusida universitet mehnat jamoasi bilan birgalikda yosh mutaxassislarni tayyorlashda yuksak natijalarga erishish uchun yanada ko’proq ishlarni amalga oshirshga harakat qilishlarini takidladi.
An’anaga ko’ra, bayram dasturxoniga turli noz-ne’matlar va milliy bayram taomi osh tortildi. San’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy va qo’shiqlar bayramga ko’tarinkilik, yig’ilganlarga a’lo kayfiyat baxsh etdi. Bayram tadbirida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Sultonposhsha Udayeva va iste`dodli yosh xonandalar hamda qizlar raqs guruhi o’z qo’shiqlari va san`ati bilan bayramga yanada jo’shqinlik baxsh etdilar.