07 Sen Birinchi kurs maktabi o’z ishini boshladi!

Yurtimizdagi barcha ta’lim dargohlarida 5 sentabr kuni yangi o’quv mavsumi boshlandi. Xususan,  universitetimizda ham  bugun joriy yilda kirish imtixonlaridan muvaffaqiyatli o’tib, universitetimiz talabasi bo’lish baxtiga erishgan talaba yoshlar jam bo’lishdi. Bir necha yildan beri  yangi I bosqich talabalari uchun an’anaviy o’tkazib kelinayotgan  “Induction Days” (Birinchi kurs maktabi)ga  bu yili ham talabalarimiz tomonidan katta tayyorgarlik ko’rildi.

Bugun ushbu tadbirning 1-kuni ish boshladi. Dastlab, universitet majlislar zalida “Induction Days 2018”ning  ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda universitet rektori K.A.Sharipov  so’zga chiqib, I-bosqichga qabul qilingan talabalarni tabrikladi va yangi o’quv yilida barcha talabalarga omad tiladi. Shundan so’ng universitetimizning sobiq faol bitiruvchilaridan fan, ta’lim va ishlab chiqarishni intergatsiya qilish boshqarmasi boshlig‘i Olimjon To‘ychiyev hamda Nodir  Yusufov so’zga chiqdilar  yangi talabalarga universitet hayoti va talabalik baxti, mas’uliyati va yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish kerakligi to’g’risida gapirib o’tishdi. Shundan so’ng, yig’ilganlarga universitet talabalarining ijtimoiy-madaniy hayoti va yoshlar erishgan yutuqlar to’g’risidagi video lavhasi namoyish etildi.

Ochilish marosimidan so’ng, talabalar guruhlarga bo’lingan holda ish olib borishdi.Tadbir rejasiga ko’ra barcha guruhlarda dastlab o’zaro tanishuv, jamoa tashkil qilish bo’yicha turli interfaol oyinlar o’tkazildi.Shuningdek,I bosqich talabalari universitet xududi bo’ylab ekskursiya uyishtirdilar.Quvnoq hazillar va samimiylik ruhida o’tgan 1-kun barchaga yangi o’quv yili darslari oldidan yuqori kayfiyat bag’ishladi.

 

Related Post

“Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innova... Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida shu yilning 18-19 fevralda bo‘lib o‘tgan tadbirda ayollarining ishlanmalari bilan atroflicha tani...
“Jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish prof... Tadbir 2019-yil 14-fevral kuni universitetda Toshkent shahr IIBB jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari polkovnik S.Axmedov, Olmazor tumani...
Qalami olamni zabt etgan siymolar Ayni kunlarda millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizning barc...
“Sog’lom turmush tarzini shakllantirish” va “To’g’... O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari T.Narbaeva hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vaziri I.Madjidov tomonidan...