08 Sen Birinchi kurs maktabi

Ko’plab universitetimiz talaba yoshlariga o’quv yili oldidan katta zavq ulashgan “Induction Days” (Birinchi kurs maktabi)ning 2 -kuni ham majlislar zalida universitet iqtidorli talabalar jamoasi tomonidan tayyorlangan video lavhalar namoyishi bilan boshlandi.Qiziqarli video namoyishidan so’ng talabalar universitet ta’lim jarayoni va boshqa masalalar bo’yicha o’zlariniqiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va koordinatorlardan tegishli tavsiyalarni olishdi.
Shundan so’ng, rejaga ko’ra talabalar guruhlarga bo’lingan holda universitet sport maydoniga yo’l olishdi va talabalar o’rtasida sportning futbol, voleybol, stol tennis, arm-restling kabi turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazildi. Qizg’in va murosasiz kechgano’yinlardanso’ng,g’olib jamoalar aniqlandi.
Kunning ikkinchi yarmida talabalar o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yini hamda shaxmat musobaqalari bo’lib o’tdi.
“Induction Days” (Birinchi kurs maktabi)ning 3-kunida esa futbol bo’yicha final musobaqalari hamda robotlar yasash mashqlari tashkil etildi. Bundan tashqari, shu kuni I bosqich talabalari 3 kun doirasida amalaga oshirilgan ishlar bo’yicha “video lavha” tayyorlashdi. Guruhlarning video lavhalari universitet majlislar zalida namoyish etildi va hakamlar tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi. Natijalarga ko’ra, “Fiat” jamoasi I-o’rinni, “Lamborghini” jamoasi II-o’rinni, “Merecedes-Bens” jamoasi esa III-o’rinni qo’lga kiritdilar.
“Induction Days” (Birinchi kurs maktabi)ning faol ishtirokchilari va g’olib jamoalarni taqdirlash marosimi 10-sentabr kuni universitet majlislar zalida bo’lib o’tadi.