11 Sen “Aziz va yagonamsan, jonajon O’zbekistonim” shiori ostida “Mustaqillik darsi”o’tkazildi

Universitetimizda 10-sentabr kuni yangi o’quv yili “Mustaqillik darsi” bilan boshlandi.Universitet majlislar zalida professoro’qituvchilar, xodimlar va talabalar jam bo’lishdi.Tadbirni yoshlar bilan ishlash bo’yichauniversitet prorektori A.Ashurov ochib berdi va barchani yangi o’quv yili bilan tabrikladi. Shuningdek, A.Ashurov o’z nutqida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’lga kiritishda bosib o’tilgan mashaqqatli yo’l, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoschisi Islom Karimov boshlab bergan ulug‘ yuksalish yo‘li bugun biz qadam qo‘yayotgan taraqqiyotimizning yangi bosqichi uchun zamin bo‘lganligi hamdayurtimizda barcha sohalarda yangicha ma’no-mazmundagi va samarali islohotlar amalga oshirilib kelinayotganligi, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi ma’no va mohiyati, “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturining o‘g‘il-qizlar uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirganligi, “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va boshqa masalalar xususida to’xtalib o’tdi.
Shundan so’ng, O’zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Aliga so’z berildi.O’zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali mustaqillik tuyg’usi har bir inson taqdirida qanchalik muhim hisoblanuvchi tuyg’u ekanligi va istiqlol yillarida yurtimizda yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi, iste’dod va salohiyatini to‘la namoyon etishi uchun yaratib kelinayotgan keng imkoniyatlar to’g’risida gapirdi va yoshlarga ularning oldidagi eng katta mas’uliyat faqat yaxshi bilim olish va yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish ekanligini ta’kidladi.
Tadbirda shuningdek, universitet dekani F.Abdullayev so’zga chiqib, o’quv jarayoni to’g’risida, universitet hamshirasi S.Mirhamidova mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish bo’yicha amalga oshirib kelinayotgan ishlar, tibbiy savodxonlik bo’yicha talabalarga ma’lumotlar berdilar.
“Mustaqillik darsi” doirasida universitetimizda “Induction Days 2018” (Birinchi kurs maktabi)da faol ishtirok etib g’olib bo’lgan I-bosqich talabalariga sertifikatlar hamda esdalik sovg’alari topshirildi. “Mustaqillik darsi”dan so’ng, talabalar yangi o’quv yilidagi boshqa darslarini boshladilar.

Related Post

“Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innova... Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida shu yilning 18-19 fevralda bo‘lib o‘tgan tadbirda ayollarining ishlanmalari bilan atroflicha tani...
“Jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish prof... Tadbir 2019-yil 14-fevral kuni universitetda Toshkent shahr IIBB jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari polkovnik S.Axmedov, Olmazor tumani...
Qalami olamni zabt etgan siymolar Ayni kunlarda millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizning barc...
“Sog’lom turmush tarzini shakllantirish” va “To’g’... O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari T.Narbaeva hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vaziri I.Madjidov tomonidan...