14 Sen Yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish

2018 yil 13 sentabr kuni universitetimizda  “Yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusida ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda O’zbekiston Musulmonlar idorasi xodimlar bo’limi mudiri E.Esanov, universitet talabalari, professor-o’qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi.

Tadbirni yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A.Ashurov ochib berdi va hozirgi kunda tinchligimizga rahna solayotgan  yot g’oyalar, yoshlar o’rtasida sodir bo’layotgan turli xil huquqbuzarliklar haqida qisqacha so’z yuritib, yoshlarni e’tiborli va ogoh bo’lishga chaqirdi.

Shundan so‘ng, so‘z O‘zbekiston musulmonlar idorasi, xodimlar bo‘limi mudiri Erdon Esanovga berildi. U nutq so‘zlar ekan, mamlakatimizda inson manfaati uchun barcha qulayliklar yaratilganligi va har bir inson haq-huquqlari himoya qilinayotganligi, biroq o‘zga yurtlardagi yovuz kuchlar niholdek yoshlarimizni mamlakatimizga qarshi turishga undab, o‘z yovuz niyatlarini amalga oshirish payida ekanliklari xususida keng ma’lumot berib o‘tdi. Bundan tashqari, ommaviy madaniyatning yoshlarimiz, qolaversa mamlakatimizning har bir fuqarosiga bo‘lgan ta’siri, “xijrat”, “jixod” kabi so‘zlarning talqini, terroristik guruhlar qarmog‘iga ilinib o‘zga yurtlarga bosh olib ketib, afsus nadomad chekayotganlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

U shuningdek, o‘z so‘zida davom etar ekan hozirda yoshlar orasida ommaviy ravishda o‘zga mamlakat yoshlariga taqlid qilish tobora kuchayib borayotgani, o‘zligini yo‘qotib  borayotgan yoshlarni ham tanqid ostiga oldi va kerakli xulosa qilish zaruriyati to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida, mavzu doirasida talabalar bilan savol-javob o‘tkazildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Related Post

“Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innova... Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida shu yilning 18-19 fevralda bo‘lib o‘tgan tadbirda ayollarining ishlanmalari bilan atroflicha tani...
“Jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish prof... Tadbir 2019-yil 14-fevral kuni universitetda Toshkent shahr IIBB jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari polkovnik S.Axmedov, Olmazor tumani...
Qalami olamni zabt etgan siymolar Ayni kunlarda millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizning barc...
“Sog’lom turmush tarzini shakllantirish” va “To’g’... O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari T.Narbaeva hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vaziri I.Madjidov tomonidan...