18 Sen Universitetimiz talabalarining Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga qilgan tashrifi

Joriy yilning 15 sentabr kuni universitetimiz talaba-yoshlari guruh murabbiylari Fariza Nabihanova hamda iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Gulbahor Allamova boshchiligida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga “Ochiq eshiklar haftaligi” doirasida tashrif buyurdilar.
Shu kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tashkil etilgan tadbirda kutubxonadagi xizmat ko‘rsatishda yaratilgan keng imkoniyatlar, ushbu maskanning yurtimiz ta’lim sifatini oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgani hamda talaba yoshlarning darslarga mustaqil tayyorgarlik ko‘rish jarayoniga, ijodiy fikrlashga ko‘mak berayotgani, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etayotgan ma’naviyat o‘choqlaridan biri bo’lib kelayotganligi alohida ta’kidlab o’tildi.
Kutubxona bo’ylab ekskursiya davomida talabalarimizga kutubxona tarixi, faoliyati va resurslari haqida ma’lumotlar berildi.Talabalar ilmiy-ta’limiy xorijiy elektron bazalar bilan ishlash bo‘yicha Milliy kutubxonaning axborot resurslaridan, ya’ni bosma va elektron nashrlardan hamda elektron va an’anaviy kataloglardan, kartotekalardan foydalanish, kerakli resurslarni izlash, ularga buyurtmani rasmiylashtirish, info-kiosk, internet va WI-FI xizmatlaridan foydalanish qoidalari bilan ham tanishdilar. O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga qilingan ushbu tashrif talabalarimizda katta qiziqish uyg’otdi va tadbir so’ngida ular o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutahassislardan kerakli tavsiyalarni olishdi.