29 Sen Bayram muborak aziz ustozlar!!!

Toshkentdagi Turin politexnika universiteti ma’muriyati barcha o‘qituvchi, murabbiy, tarbiyachi va qaysidir ma’noda etishib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi va ta’limiga aloqador bo‘lgan barcha-barchani kasb bayramlari bilan muborakbod etadi!

Beqiyos va beminnat mehnatingiz orqali butun bir jamiyat va uning alohida shaxslarining rivojiga qo‘shayotgan hissangizni yuksak qadrlaymiz. Siz bizning tayanchimiz, borlig‘imizsiz.

Ma’muriyat barcha xodimlarga chuqur minnatdorchilik bildiradi. Universitet ravnaqi yo‘lida 7 nafar fan doktori-professorlar, 15 nafar fan nomzodi-dotsentlar, 15 nafar katta o‘qituvchilar, 15 nafar o‘qituvchi va amaliyotchi-o‘qituvchilar mehnat qilib kelishmoqda.

Shuningdek, o‘zlaridagi bor bilim va tajribani ulashish orqali talabalarimiz ilm xazinasiga qo‘shayotgan hissalari uchun italiyalik hamkasblarimizga ham tashakkur, deb qolamiz.

Mehnatingiz va fidoyiligingiz uchun rahmat!