02 Okt Bayramingiz muborak, аziz ustozlar!

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ham jonkuyar, mehribon, o‘z kasbining mohir mutaxassislari yoshlarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.  Ularning g‘amxo‘rligi, e’tibori, fidoiyiligi bois yoshlarimiz o‘zlari tanlagan sohalarida kasbiy bilimga ega bo‘lib, barkamol, komil inson bo‘lib voyaga yetmoqda. Universitetda ustoz va murabbiylar kuniga bagʹishlangan  ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish an’anaga aylanib ulgurgan.

Jumladan, 27 sentyabr kuni “Ustozlarga ehtirom” nomli badiiy–adabiy kecha tashkil etilib  bu yil ham o‘zgacha shodiyonalar ostida olib borildi.   Tadbirda  professor-o‘qituvchilar, raxbar  xodimlar va talabalar ishtirok etishdi. Shuningdek, tadbirda universitet talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar va ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir jarayonida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga qabul qilingan  birinchi bosqich talabalari tomonidan bayram tabriklari, ustozlarni madh etuvchi she’rlar, qo‘shiq va  raqslar ijro etildi. Bu kabi tadbirlar natijasida yoshlarimiz o‘rtasida ustozlarga bo‘lgan e’tibor, ularning mehnatlarini qadrlash, e’zozlash fazilatlari shakllanadi.

1-oktyabr “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami arafasida universitet prorektori  A.Ashurov  bir guruh ustozlarga faxriy yorliqlar va estalik sovg’alar topshirdi.

So֝zga chiqqan yoshlar, Muallim – ustoz shunday mo’tabar zotki, uning nomi ham, umri ham hamisha boqiydir. Ustoz va murabbiy! Biz barchamiz yoshimiz, kasbu korimizdan qat`iy nazar, bu so’zlarni eshitganimizda ko’nglimizdan faqat iliq fikrlaru yorqin xotiralar o’tadi, deb ta`kidladilar.

Shu fursatdan foydalanib yurtimizdagi jamiki sharafli kasb egalari-ustoz va murabbiylarni kasb bayramlari bilan muborakbod etamiz. Sizlarga dunyodagi ezgu niyatlar ijobatligini, el e’tirofiga, e’zoziga munosib bo‘lish baxti tark etmasligini tilab, yaqinlaringiz va shogirdlaringiz baxtiga sog‘-salomat bo‘ling deymiz. Har doim elning nazarida, e’zozida bo‘lish baxti sizlarni tark etmasin!