03 Okt “Talabalikka bag’ishlov” marosimi

3 oktabr kuni universitetimizda birinchi kursga qabul qilingan talabalarning “Talabalikka bag’ishlov” marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda universitet professor-o’qituvchilari, xodimlar hamda talabalar ishtirok etishdi.                             Dastlab, universitet rektori K.A.Sharipov so’zga chiqib talabalarni tabrikladi hamda yurtimizda bugungi kunda ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, o’tgan o’n yil davomida universitet hayotida ro’y bergan muhim voqealar, talabalar tomonidan qo’lga kiritilgan ulkan yutuqlar va talaba yoshlar oldida turgan vazifalar xususida to’xtalib o’tdi. Shundan so’ng, so’z universitet o’quv va ilmiy ishlar bo’yicha prorektor Igor Simone hamda universitet dekani F.Abdullayev so’zga chiqdilar.

Tadbirining eng kutilgan fursati ya’ni «Talabalik qasamyodi» matni universitetning faol talabalari tomonidan o’qib eshittirildi. So’ngra, universitetni muvaffaqiyatli tamomlab, hozirda yurtimizdagi  turli nufuzli tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan bir qator bitiruvchilar,  xususan Muhitdinov Otabek, Yusupov Jaloliddin va  Ko’chqorboyev Rustam hamda joriy yilda universitetga kirish imtixonida  eng yuqori ball to’plagan talabalar taklif qilindi.                                  Bitiruvchilar  I-bosqich talabalariga o’qish jarayonida omad tilab, o’quv yo’nalishlarining ramziy belgilarini topshirdilar.
Italiyada magistraturani tamomlab, hozirda doktoranturada tahsil olayotgan va  universitet yoshlariga talim berayotgan yosh mutaxassis Yusupov Jaloliddin tomonidan qilingan nutq ayniqsa talabalarda o’qishga bo’lgan ishtiyoqni yanada oshirdi.
Tashkil etilgan “Talabalikka bag’ishlov” marosimi universitet hayotiga endi qadam qo’ygan yoshlar qalbida butun umrga muhrlanib qolishi shubhasiz!

Related Post

“Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innova... Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida shu yilning 18-19 fevralda bo‘lib o‘tgan tadbirda ayollarining ishlanmalari bilan atroflicha tani...
“Jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish prof... Tadbir 2019-yil 14-fevral kuni universitetda Toshkent shahr IIBB jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari polkovnik S.Axmedov, Olmazor tumani...
Qalami olamni zabt etgan siymolar Ayni kunlarda millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizning barc...
“Sog’lom turmush tarzini shakllantirish” va “To’g’... O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari T.Narbaeva hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vaziri I.Madjidov tomonidan...