08 Okt “O’zbekiston yoshlari buzg’unchi g’oyalarga qarshi” nomli tadbir o’tkazildi

Bugungi kunda yon atrofimizda ekstremizm, terrorizm, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, «ommaviy madaniyat», din va vijdon erkinligi to’g’risida to’xtalib o’tildi. Hozirgi kunda ayrim yoshlarimiz orasida bilib bilmay o’zga g’oyalar ta’siriga tushib qolmoqda. Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni vatanga sadoqat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo’lishi, odamiylik ruhida tarbiyalash har birimizning eng oliy maqsadimizdir!
2018 yil 4 oktyabr kuni universitetimizda katta tadbirlar zalida “O’zbekiston yoshlari buzg’unchi g’oyalarga qarshi” nomli ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
Tadbirda universitet tarix fani o’qituvchisi Voxid Xolov nutq so’zlar ekan, mamlakatimizda inson manfaati uchun barcha qulayliklar yaratilganligi va har bir inson haq-huquqlari himoya himoya qilinayotganligi, biroq o’zga yurtlardagi yovuz kuchlar niholdek yoshlarimizni mamlakatimizga qarshi turishga undab, o’z yovuz niyatlarini amalga oshirish payida ekanliklari hususida keng ma’lumot berib o’tdi. V.Xolov nutq davomida ommaviy madaniyatning yoshlarimiz, qolaversa har bir fuqaroga bo’lgan ta’siri, terroristik guruhlar qarmog’iga ilinib o’zga yurtlarga bosh olib ketib, afsus nadomad chekayotganlar xaqida batafsil ma’lumot berdi.
U shuningdek o’z so’zida davom etarkan xozirda yoshlar orasida ommaviy ravishda o’zga mamlakat yoshlariga taqlid qilish tobora kuchayib borayotgani, o’zligini yo’qotish yo’lida davom etayotgan yoshlarni ham keskin qoraladi va kerakli xulosa qilish zaruriyati to’g’risida gapirib o’tdi.

Related Post

“Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innova... Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida shu yilning 18-19 fevralda bo‘lib o‘tgan tadbirda ayollarining ishlanmalari bilan atroflicha tani...
“Jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish prof... Tadbir 2019-yil 14-fevral kuni universitetda Toshkent shahr IIBB jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari polkovnik S.Axmedov, Olmazor tumani...
Qalami olamni zabt etgan siymolar Ayni kunlarda millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizning barc...
“Sog’lom turmush tarzini shakllantirish” va “To’g’... O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari T.Narbaeva hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vaziri I.Madjidov tomonidan...