18 Okt «Yoshlik» shaxarchasi hokimi va talabalar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi

Joriy yilning 11 oktyabr kuni universitetda Olmazor tumani 1-sonli IIB boshlig’I, podpolkovnik Sh.Mirzajonov va «Yoshlik» talabalar shaharchasi hokimi Q.Shonazarov bilan talabalar o’rtasida “Yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusida ma’naviy-ma`rifiy suhbat bo’lib o’tdi.

«Yoshlik» talabalar shaharchasi hokimi Q.Shonazarov hozirda talabalar shaharchasi xududida joylashgan oliy o’quv yurtlarida taxsil oluvchi va istiqomat qiluvchi talabalarning bo’sh vaqtlarini foydali va samarali o’tkazishlari, ular tomonidan turli huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish bo’yicha qilinayotgan chora-tadbirlar to’g’risida gapirdi va bevosita talabalar bilan ochiq muloqot tarzida fikr almashdi. U o’z nutqida mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, qaysi sohada bo’lmasin, ko’rsatilayotgan e’tibor xaqida gapirib o’tda va yoshlarimiz ushbu imkoniyatlardan keng foydalanib yurtimiz kelajagi uchun astoydil ta’lim olib o’z hissalarini qo’shishlari lozimligini ta’kidladi.

Shuningdek, Olmazor tumani 1-sonli IIB boshlig’i, podpolkovnik Sh.Mirzajonov o’z nutqida davlat miqyosida yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar va qonunbuzarlik xolatlari xaqidagi statistik ma’lumotlar xaqida gapirib o’tdi. Nutq davomida bu kabi oxiri berk ko’chaga olib boruvchi nomunosib ishlardan yiroqda bo’lish va berilgan umrni qadriga etib ilm olib, hayotda yaxshi inson bo’lib o’zidan yaxshi iz qoldirish harakatida bo’lish lozimligini talabalarga aytib o’tildi.

Tadbir so‘ngida, mavzu doirasida talabalar bilan savol-javob o‘tkazildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

 

Related Post

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti... 25 mart kuni universitetimizga Koreyaning Sun Moon universiteti prezidenti Sun Jo Hvang boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif doirasida...
“Quvnoq startlar” sport musobaqasi Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2019 yil 19 mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti ayol xodimlari va “AvtoO...
Aziz vatandoshlar, qadrli hamkasblar va universite... Ona diyorimizga yasharish, yangilanish va nafosat fasli bahor o’zining go’zal ayyomlari bilan tashrif buyurdi. Bugun yurtimizning qay bir go’shasiga b...
“Avtomobil dizaynining rivojlanishida jahon tenden... “AVTOMOBIL DIZAYNINING RIVOJLANISHIDA JAHON TENDENSIYALARI” mavzusida bo’lib o’tgan seminar-trening Toshkent shahridagi Turin politexnika universite...