31 Okt Toshkent Politexnika muzeyiga tashrif

2018 yil 24 oktyabr kuni universitet talaba-yoshlari guruh murabbiylari boshchiligida Toshkent politexnika muzeyiga tashrif buyurdilar va 21-oktyabr o’zbek tiliga davlat maqomi berilgan kun munosabati bilan uyushtirilgan tadbirda faol qatnashdi. Tadbirda O’zbekiston Xalq artisti Erkin Komilovning yosh aktyorlardan tashkil topgan “Vays Media” san’at maktabi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyishi bo’lib o’tdi. Unda yosh aktyorlar tomonidan  ijro etilgan qiziqarli chiqishlar, qo’shiq, kuy va she’riy to’xtalishlar kechaga o’zgacha kayfiyat olib keldi.

Tadbirdan so’ng talaba-yoshlar zamonaviy muzeyni tubdan ko’zdan kechirib, O’zbekiston mashinasozlik salohiyatini namoyish qilib beruvchi qiziqarli bo’lgan eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Politexnika muzeyi bo’ylab uyushtirilgan qiziqarli sayohat talaba-yoshlarimizda juda katta taassurot qoldirdi. Universitetning sobiq talabalari tomonidan yaratilgan ko’plab loyihalar va eksponatlar yoshlarimizning yanada katta qiziqishiga sabab bo’ldi.

Albatta bu kabi tadbirlar bo’lajak muhandislarning o’z kasbiga bo’lgan muhabbatini yanada mustahkamlaydi.