09 Noy “Diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlik g’oyalarini keng targ’ib qilish” va «Vatan muqaddas, uni ximoya qilish sharafli burchdir!» hamda “Yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzularida ma’rifiy tadbir o’tkazildi

2018 yil 1 noyabr kuni universitetimizda vatanparvarlik va diniy bag’rikenglik mavzulariga bag’ishlangan ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Uchrashuvga Olmazor tuman Bosh imom xatibi Abdurashidov Sadriddin Abduxamidovich va O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar akademiyasi, Gumanitar fanlar kafedrasi o’qituvchisi, podpolkovnik Mirabdullaeva Shoira Abdulxaevna tashrif buyurdilar.
So’zga chiqqan Olmazor tuman Bosh imom xatibi S.Abdurashidov istiqlol yillarida yurtimizda turli din vakillarining hech qanday to’siqlarsiz o’z dinlariga e’tiqod qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligi, mamlakatimizda millatlararo va dinlararo munosabatlar sohasida yuritilayotgan oqilona siyosat asosida har bir shaxsning vijdon va e’tiqod erkinligi, diniy qarashlaridan qat’i nazar teng huquqliligi ta’minlanayotgani, shuningdek, respublikamizdagi diniy tashkilotlar jamiyatda tinchlik, osoyishtalik, millatlar va dinlararo totuvlikni mustahkamlash borasida sermahsul faoliyat ko’rsatib kelayotganliklarini aytib o’tdi. Bundan tashqari, hozirda dunyoning qator mamlakatlarida, ayniqsa, Yaqin Sharq mintaqasida etnik va diniy nizolar kuchayib borayotgani, bu kabi nizolarni avj oldirayotgan g’arazli kuchlarning o’z maqsadlariga erishish yo’lida turli nashrlar, teleradiodasturlar va internet sahifalarida amalga oshirayotgan axborot xurujlariga nisbatan yoshlarda mustaqil fikrni shakllantirish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etayotganligini ta’kidladi.
So’zga chiqqan O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar akademiyasi, Gumanitar fanlar kafedrasi o’qituvchisi, podpolkovnik Mirabdullaeva Shoira Abdulxaevna o’z nutqini yurtimiz zaminida yashab o’tgan Imom al Buxoriy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Jaloliddin Manguberdi ,Temur Malik Amir Temur kabi ulug’ alloma va sarkarda bobolarimizning yuksak jasoratlari va dunyo ilmining rivojiga qo’shgan hissalari bilan boshladi. Qadim tarixga ega buyuk yurtning farzandlari sifatida yoshlarimizning har qancha faxr tuyg’usi bilan yashashlari, ularga munosib voris bo’lish va bugungi kun ilm-fan cho’qqilarini egallashda madadkor bo’lishi to’g’risida gapirar ekan, Sh.Abdulxaevna yoshlarni shunday tinch va osoyishta yurtda, sog’lom yashayotganliklari, zamonaviy ta’lim maskanlarida bilim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlarga javoban avvalo har bir yosh avlod shu yutrga yuksak muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik hissida yashashi lozimligini ta’kidladi.

Related Post

“Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innova... Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida shu yilning 18-19 fevralda bo‘lib o‘tgan tadbirda ayollarining ishlanmalari bilan atroflicha tani...
“Jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish prof... Tadbir 2019-yil 14-fevral kuni universitetda Toshkent shahr IIBB jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari polkovnik S.Axmedov, Olmazor tumani...
Qalami olamni zabt etgan siymolar Ayni kunlarda millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizning barc...
“Sog’lom turmush tarzini shakllantirish” va “To’g’... O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari T.Narbaeva hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vaziri I.Madjidov tomonidan...