09 Noy Maqsud Shayhzoda tavalludining 150 yilligi 2018 yil 6-noyabr kuni universitetimiz talabalari guruh murabbiylari boshchiligida poytaxtimizda joylashgan Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdilar.

Tashrifdan maqsad o’zbek adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri bo’lmish mashhur shoir Maqsud Shayxzoda tavalludining 150 yilligi munosabati bilan ma’rifiy tadbirda qatnashish bo’ldi. Tadbirda ko’plab el ardoqlagan sanatkorlar va adiblar ishtirok etdilar. Ulardan Erkin Komilov, To’tixon Yusupova, Maxmud Toir, Temur Malik, Ibroxim G’ofurov va adibning shogirdlaridan bo’lmish boshqa shaxslar qatnashdilar. Tadbirda ishtirok etgan barcha adabiyotshunoslar va sanatkorlar o’zlarining Maqsud Shayxzoda bilan bo’lgan voqealarga oid xotiralari bilan o’rtoqlashdilar va Maqsud Shayxzoda xotirasini juda iliq so’zlar bilan yod etdilar. Hususan Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub “Ulug’bek tragediyasi” xaqidagi Shukur Burxonov bilan bo’lib o’tgan voqea to’g’risida Erkin Komilov juda ta’sirli gaplarni aytdi va aynan o’sha sahna ko’rinishidan epizodni ijro etib berdi. Tadbir davomida shoir qalamiga mansub ko’plab she’rlar o’qildi, uning hayoti ijodida ro’y bergan qiziqarli xolatlar xaqida so’z yuritildi. O’zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri, zabardast dramaturg, adabiy faylasuf Maqsud Ma’sum o’g’li Shayxzoda falsafiy fikrlarga boy hikmatomuz asarlari bilan xalqimiz qalbida abadiy yashaydi.

Related Post

“Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innova... Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida shu yilning 18-19 fevralda bo‘lib o‘tgan tadbirda ayollarining ishlanmalari bilan atroflicha tani...
“Jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish prof... Tadbir 2019-yil 14-fevral kuni universitetda Toshkent shahr IIBB jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari polkovnik S.Axmedov, Olmazor tumani...
Qalami olamni zabt etgan siymolar Ayni kunlarda millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizning barc...
“Sog’lom turmush tarzini shakllantirish” va “To’g’... O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari T.Narbaeva hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vaziri I.Madjidov tomonidan...