25 Noy Debat 2018

Bugungi kunda yurtimiz ta’lim jarayonida yoshlar ongida mustaqil fikrlash va turli masalalarga tanqidiy yondoshishni shakllantirishga katta ahamiyat qaratilmoqda.Yoshlar o’rtasida tashkil etilayotgan ko’plab intelllektual tanlovlarning asosiy maqsadi ham aynan shunga qaratilgan.
Universitetimizda ilk bor tashkil etilgan “Debat 2018” tanlovi ham talaba yoshlar o’rtasida bugungi kunda nafaqat yurtimizda balki, dunyoda dolzarb bo’lgan mavzular bo’yicha ingliz tilida munozara yo’li orqali turli fikrlarni muhokama qilish, yoshlarimizda notiqlik va har tomonlama erkin fikrlashni rivojlantirish maqsadida o’tkazildi.
I bosqich talabasi Usmonjonov Azizullo va uning jamoasi tomonidan tashkil etilgan ushbu loyiha ko’plab talabalarda qiziqish uyg’otdi. Joriy yilning 7 noyabridan 16 noyabrigacha davom etgan munozara bahslarida universitetimizning turli bosqich talabalaridan iborat 8 ta: ”Speakers”, “Temurids” “Turon”, “R.A.N.”, “Justice”, “Future”, “IT”, “A.I.M” jamoalari ishtirok etishdi. Qizg’in bahs-munozaralarga boy bo’lgan ushbu tanlovda datlabki o’yinlarda g’olib bo’lib, final bosqichiga yo’llannmani qo’lga kiritgan “R.A.N.” hamda “Future” jamoalari ishtirok etdilar va yig’ilganlarga ajoyib final o’yinini namoyish etdilar.
Final o’yinining natijasiga ko’ra Rahmatullo Amirov, Ahmadullo Nurmahamatov, Nazir Normuradov kabi II bosqich talabalaridan iborat “R.A.N.” jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdilar. G’olib jamoaga universitet rahbariyati tomonidan sertifikatlar taqdim etildi.

Related Post

“Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innova... Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida shu yilning 18-19 fevralda bo‘lib o‘tgan tadbirda ayollarining ishlanmalari bilan atroflicha tani...
“Jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish prof... Tadbir 2019-yil 14-fevral kuni universitetda Toshkent shahr IIBB jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari polkovnik S.Axmedov, Olmazor tumani...
Qalami olamni zabt etgan siymolar Ayni kunlarda millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizning barc...
“Sog’lom turmush tarzini shakllantirish” va “To’g’... O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari T.Narbaeva hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vaziri I.Madjidov tomonidan...