25 Noy Universitetimiz professorlari O’zbekistonning «Scopus Award-2018» versiyasi bo’yicha “Yilning eng faol olimlari” nominasiyasi g’oliblari

O’zbekiston olimlarini taqdirlashga bag’ishlashga bag’ishlangan tantanali marosim «Scopus Award-2018»  bo’lib o’tdi. Tadbir Niderlandiyaning Elsevier kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkillashtirilib, O’zbekistonning Markaziy Osiyo ta’lim xabiga aylanishi tomon qo’yilgan navbatdagi qadamdir. Ilk forum davomida Scopus tizimi bo’yicha eng yuqori ko’rsatkichlarni qayd etgan olim va pedagoglar taqdirlandi.

Scopus ilmiy-tahliliy ma’lumotlar bazasi versiyasiga ko’ra universitetimiz professori D.Tulyaganov “Yil olimi” nominasiyasi g’olibi bo’ldi va yana bir professorimiz O.Ruzimurodov injiniring va texnologiya yo’nalishi bo’yicha “Eng yaxshi muallif” nominasiyasi g’olibi bo’lishdi. “Eng yosh olim” nominatsiyasiga universitetimiz yosh olimi Mirabbos Khujamberdiyev etirof etildi.

Bizning universitetimiz professorlarini bu o’lkan yutuqlari bilan tabriklaymiz keyingi ilmiy ishlarida zafarlar tilaymiz.