27 Noy Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar ko’rik-tanlovining Olmazor tuman bosqichi bo’lib o’tdi

Yurtimizda faol qizlarning ijodiy-intellektual va jismoniy salohiyatini yanada yuksaltirish maqsadida ta’sis etilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti har yili ko’plab iqtidorli qizlarimizni adabiyot, madaniyat, san’at, ta’lim va sport sohalarida o’z iste’dodini ro‘yobga chiqarishiga xizmat qilmoqda.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga yangi nomzodlarni aniqlash bo’yicha tanlovning tuman bosqichi mamlakatimizning turli hududlarida o’tkazib kelinmoqda. Xususan, 24 noyabr kuni Olmazor tuman xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang’ich tashkiloti tomonidan Zulfiya Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi o’tkazildi. Unda 19 nafar qizlar ishtirok etishdi.Ular orasida universitetimiz III-bosqich talabasi Islambaeva Nasiba texnika yo’nalishi bo’yicha ishtirok etdi.
Islambaeva Nasiba universitetimizning faol va tashshabbuskor yoshlaridan biri. Nasiba nafaqat universitet doirasidagi balki respublikamizda o‘tkaziladigan turli seminar, tanlov va festivallarda qatnashib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 2017-2018 yilida o‘tkazilgan “O‘zbekiston ayollarining 100ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” I-Respublika tanlovining Toshkent shahar hamda respublika bosqichlarida Nasiba Islambaeva o‘z innovatsion loyihasi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritib “Iqtidorli qizning eng istiqbolli innovatsion g‘oyasi” nominatsiyasi bo‘yicha sertifikat va diplom bilan taqdirlangan. Ayni vaqtda Nasiba yangi texnikaviy loyiha ustida ish olib bormoqda va universitetda tahsil oluvchi boshqa yoshlarni ham yangi texnikaviy loyihalarga jalb etmoqda.
Bo’lib o’tgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar ko’rik-tanlovining Olmazor tuman bosqichi ishtirokchilarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi va barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Related Post

“Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innova... Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida shu yilning 18-19 fevralda bo‘lib o‘tgan tadbirda ayollarining ishlanmalari bilan atroflicha tani...
“Jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish prof... Tadbir 2019-yil 14-fevral kuni universitetda Toshkent shahr IIBB jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari polkovnik S.Axmedov, Olmazor tumani...
Qalami olamni zabt etgan siymolar Ayni kunlarda millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizning barc...
“Sog’lom turmush tarzini shakllantirish” va “To’g’... O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari T.Narbaeva hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vaziri I.Madjidov tomonidan...