11 Dek OITSga qarshi kurashish davr taqqozosi

OITS hamda ushbu global epidemiyaning insoniyat hayotiga ko’rsatayotgan xavfi borasida jamoatchilikni xabardor qilish hozirgi kunda butun dunyodagi eng global muammolardan biri hisoblanadi.
2018 yil 6 dekabr kuni universitet katta majlislar zalida Respublika OITSga qarshi kurashish markazi bilan hamkorikda “1-dekabr Butunjahon OITSga kurashish kuni” munosabati bilan “OITSga qarshi kurashish davr taqqozosi” mavzusidagi davra suhbati bo`lib o`tdi. Tadbirni universitet yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A.Ashurov kirish so’zi bilan ochib berdi va tadbir ishtirokchilarini talaba-yoshlarga tanishtirib o`tdi.
Respublika OITSga qarshi kurashish markazi vrach-epidemiologi Rashitova Shoxista Maxamatovna OITS kasalligining kelib chiqishi tarixi, virusning tuzulishi, OIV yuqish ehtimoli va uning yuqish yo`llari, OIV infektsiyasini klinik belgilari va kechishi, uning bochqichlari, kasallikdan qanday saqlanish mumkinligi, Respublikamizda faoliyat ko`rsatayotgan OITS ga qarshi kurash markazlari va ularning faoliyati haqida talaba-yoshlarga batafsil gapirib berdi.Umuman olganda, tibbiy madaniyatni oshirish va sog’lom turmush tarzini yo’lga qo’yish kasallikka chalinmaslikning garovi ekanligi ta’kidlandi.
Ochiq muloqot tarzida o’tgan ushbu tadbir talabalarda katta qiziqish uyg`otdi. Uchrashuv davomida talaba-yoshlar o`zlarini qiziqtirgan barcha savollar bilan mutaxassisga murojaat qilishdi va kerakli maslaxatlarni olishdi.

Related Post

“Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innova... Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida shu yilning 18-19 fevralda bo‘lib o‘tgan tadbirda ayollarining ishlanmalari bilan atroflicha tani...
“Jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish prof... Tadbir 2019-yil 14-fevral kuni universitetda Toshkent shahr IIBB jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari polkovnik S.Axmedov, Olmazor tumani...
Qalami olamni zabt etgan siymolar Ayni kunlarda millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizning barc...
“Sog’lom turmush tarzini shakllantirish” va “To’g’... O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari T.Narbaeva hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vaziri I.Madjidov tomonidan...