18 Dek Jinoyatlarning kelib chiqish sabablari

Mamlakatimizda Prezidentimizning bevosita rahbarligi va tashabbuslari asosida fuqarolarning tinch va farovon hayot kechirishini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Ayniqsa, hozirgi kunda yoshlar va ayollar o’rtasida sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish va ularning kelib chiqish sabablarini o’rganish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
13 dekabr kuni universitetimizda “Jinoyatlarning kelib chiqish sabablari” mavzusida tashkil etilgan ma’rifiy tadbir ham aynan yoshlar o`rtasida sodir etilayotgan jinoyatlar tahlili, jinoyat va huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari, ularni oldini olish choralariga bag’ishlandi. Tadbirda Olmazor tuman IIO FMB yoshlar masalasi bo’yicha o’rinbosari podpolkovnik A.Bahromov, universitetning professor-o’qituvchilari hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so’z olgan, Olmazor tuman IIO FMB yoshlar masalasi bo’yicha o’rinbosari podpolkovnik A.Bahromov yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va bezorilikning oldini olish borasida bir qator ishlar olib borilishiga qaramay, yoshlar o’rtasida turli huquqbuzarlik, o’g’irlik va bezorilik jinoyatlari sodir etilayotgani, buning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar hamda yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida olib borilayotgan tezkor profilaktik chora-tadbirlar va giyohvandlikning ayanchli o’qibatlari to’g’risida ma’lumotlar berdi. A.Bahromov o’z nutqida davom etar ekan, bugungi kunda yoshlarga qo’yilayotgan talab bu o’qish-izlanish, o’z kuch va imkoniyatlarini ona yurt ravnaqi uchun namoyon etish ekanligi hamda yoshlarni avvalambor sog’lom, ma’nan va jismonan barkamol qilib tarbiyalash davlatimiz tomonidan olib borilayotgan ishlarning eng muhim qismiga aylanganligini ta’kidlab o’tdi.
Ochiq-muloqot tarzida o’tgan ushbu davra suhbati yakunida talaba yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar tegishli tavsiyalarni olidilar.

 

Related Post

“Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innova... Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida shu yilning 18-19 fevralda bo‘lib o‘tgan tadbirda ayollarining ishlanmalari bilan atroflicha tani...
“Jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish prof... Tadbir 2019-yil 14-fevral kuni universitetda Toshkent shahr IIBB jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari polkovnik S.Axmedov, Olmazor tumani...
Qalami olamni zabt etgan siymolar Ayni kunlarda millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizning barc...
“Sog’lom turmush tarzini shakllantirish” va “To’g’... O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari T.Narbaeva hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vaziri I.Madjidov tomonidan...