24 Dek “Sog’lom turmush tarzini shaklllantirish” va “To’g’ri ovqatlanish-salomatlik garovi” mavzularida o’tkazilgan tadbir

Universitetimizda 20 dekabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son fakultet va gospital terapiya kafedrasi dotsenti Nigora Axmedova ishtirokida “Sog’lom turmush tarzini shaklllantirish” va “To’g’ri ovqatlanish-salomatlik garovi” mavzularida davra suxbati o’tkazildi. Unda universitetimiz xodimlari, “Achaobod” va “Chimboy” mahalla faollari hamda Olmazor tumanidagi    224-maktab o’quvchilari ishtirok etdilar.

Dastlab, Nigora Axmedova “To’g’ri ovqatlanish-salomatlik garovi” mavzusidagi taqdimotni namoyish etdi. Unda  sog‘lom ovqatlanish – uzoq umr ko‘rishning muhim omili ekanligi, buyuk alloma Abu Ali ibn Sino o‘z o‘gitlarida kimki sog‘lom va uzoq umr ko‘rishni istasa, avvalo, ovqatlanish tartibiga, iste’mol qilinayotgan taom sifati, miqdori, uni iste’mol qilish vaqti va hazm bo‘lish jarayoniga asosiy e’tibor qaratishi zarurligini qayd etganligi ta’kidlandi. Bu xulosalar bugungi zamonaviy tibbiyotda to‘liq isbotlangan: Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, aksariyat kasalliklarning yuzaga kelishiga noto‘g‘ri ovqatlanish sabab bo‘lmoqda. Xususan, semizlik, kamqonlik, qandli diabet, yurak-qon tomir, jigar, buyrak kasalliklarining paydo bo‘lishi va rivojlanishida ushbu muammo asosiy omildir.

Taqdimotdan so’ng, sog’lom-turmush tarzi bo’yicha  ochiq savol-javoblar hamda  tadbir ishirokchilari bilan birga interaktiv mashg’ulotlar o’tkazildi. Ushbu interaktiv o’yinlarda qatnashchilar so’g’lom turmush tarziga va so’g’lom ovqatlanishga rioya qilishning foydali tomonlari, inson har qanday hayot qiyinchiliklariga duch kelgan vaqtida ham o’zini boshqara olishi kerakligi haqida muhim xulosalarga ega bo’ldilar. Jonli muloqot tarzida tashkil etilgan ushbu tadbir yig’ilganlarda katta taаssurot qoldirdi.

 

Related Post

“Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innova... Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida shu yilning 18-19 fevralda bo‘lib o‘tgan tadbirda ayollarining ishlanmalari bilan atroflicha tani...
“Jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish prof... Tadbir 2019-yil 14-fevral kuni universitetda Toshkent shahr IIBB jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari polkovnik S.Axmedov, Olmazor tumani...
Qalami olamni zabt etgan siymolar Ayni kunlarda millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizning barc...
“Sog’lom turmush tarzini shakllantirish” va “To’g’... O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari T.Narbaeva hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vaziri I.Madjidov tomonidan...