24 Dek Universitetda “Yuventus” akademiyasi ochildi

O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Italiyaning “Yuventus” klubining brendni boshqarish va rivojlantirish bo’yicha ijrochi direktori Karolina Kiappero boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuvda “Yuventus” akademiyasi ochishga bitim tuzildi.

Mashhur futbol klubi vakillari bilan o’tkazilgan muzokaralarda Turin politexnika universiteti kampusi bazasida “Yuventus” akademiyasi tashkil etildi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligida bo’lib o’tgan uchrashuvlarga ham tomonlar O’zbekistonda futbolni ommalashtirish, yangi tashkil etilayotgan akademiya faoliyatini samarali yo’lga qo’yish hamda o’zaro hamkorlikni ko’chaytirish masalalari muhokama qilindi.

“Serquyosh yurtimizda sizlarni ko’rib turganimizda bag’oyatda xo’rsandman. Bizda futdolni yaxshi ko’rishadi. Xususan, yurtimizda “Yuventus” jamoasi muxlislari ham ko’pchilikni tashkil etadi. Poytaxtimizda ushbu klub akademiyasi tashkil etilayotgani barchamiz uchun quvonchli yangilik bo’ldi. Mazkur akademiyaning tashkil etilishi nafaqat ushbu muassasada, balki umuman o’zbek futboliga jahonning ilg’or tajriba va metodikalarini joriy etish imkonini beradi deb o’ylayman. Vazirligimiz ham o’z navbatida klub bilan hamkorlik qilish hamda akademiyani har tomonlama qo’llab-quvvatlashga tayor” – dedi Dilmurod Nabiyev.