16 Yan Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan bayramona tadbirlar

Mamlakatimizda har yili o’z hayotini Ona Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligi uchun bag’ishlagan, xalqimizning sevimli mard og’lonlari ya’ni – Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanadi. Joriy yilda ham
Oʻzbekiston  Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining  27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlandi.

14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab universitetimizda bir qator tadbirlar o’tkazildi. Xususan, 12-yanvar kuni “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish  sharafli  burchdir!”  shiori ostida bayram va sport musobaqasi tashkil etildi. Unda “Chimboy” hamda “Achaobod” mahallalaridan tashrif  buyurgan maktab o’quvchilari ishtirok etishdi.

Mazkur  tadbirida  mini futbol, stol tennisi, quvnoq startlar, merganlik, arqon tortish kabi sport turlari bo‘yicha 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar  ishtirok etdilar. Musobaqalarda qatnashgan barcha ishtirokchilarga universitet rahbariyati nomidan faxriy yorliqlar va kitoblar topshirildi.

Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan asosiy bayram tadbiri 14-yanvar kuni bo’lib o’tdi. Shu kuni universitet xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti, universitet yoshlar bilan ishlash bo’limi hamda universitet yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti hamkorlikda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bayram tadbirini tashkil etishdi. Bayramona bezatilgan bayram dasturxoniga barcha universitet xodimlari va “Chimboy” hamda “Achaobod” mahallalaridan tashrif buyurgan nuroniy otaxonlar, afg’on urushi qatnashchilari va mahalla faollari taklif etildi. Tadbirni universitet yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A.Ashurov ochib berdi va yig’ilganlarni bayram bilan qutladi . A.Ashurov o’z nutqida  Vatan himoyasi insonning eng sharafli burchi ekanligi, bugun xalqimizning  milliy armiyamizdan faxrlanish va unga boʻlgan ishonch hissi oshib borayotganligini alohida ta’kidladi.