18 Yan Vatan-muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir !

O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12-dekabrdagi 54/13 sonli  “O‘zbekiston  Qurolli kuchlari tashkil topganining 27 yilligi munosabati bilan uni keng nishonlash to‘g‘risi”dagi  qaroriga muvofiq universitetda “Vatan –  muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” g‘oyasi  ostida tadbir o‘tkazildi.         Unda 71201-sonli harbiy qism “Tarbiyaviy va mafkuraviy” ishlar bo‘limi ofitseri  Podpolkovnik Zulfaliev Jovulboy va “Tabriyaviy va mafkuraviy” ishlar bo‘limi harbiy xizmatchisi kichik  serjanti  “Sodiq hizmatlari uchun” Davlat mukofoti sovrindori Shamil Ummatov hamda  ushbu harbiy qismdan 44 nafar askarlar qatnashdilar.

Tadbirning  birinchi qismi universitet majlislar zalida boshlanib, uni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Alisher Ashurov ochib berdi va tashrif buyurgan mehmonlarni talaba-yoshlarga tanishtirdi.

So‘ng, 71201-sonli harbiy qism “Tarbiyaviy va mafkuraviy” ishlar bo‘limi ofitseri Podpolkovnik  Zulfaliev Jovulboy so‘zga chiqib, ushbu kunlarda mustaqil va demokratik O‘zbekiston Respublikasining tinchlik, osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash yo‘lida o‘z xizmat burchlarini sidqidildan ado etib kelayotgan Vatanimiz himoyachilarini Oʻzbekiston  Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan chin dildan qutladi. Shuningdek, u o’z nutqida : “Vatan deganda avvalo,  barchamizning ko‘z o‘ngimizda onajonlarimiz timsoli gavdalanadi. Negaki, Vatan va Ona tushunchalari biri biriga shunchalik chambarchas bog‘liqki, zinhor ayro tutib bo‘lmaydi. Onalarimiz sizu bizni oq yuvib oq tarab, oq sut berib, butun jismu jonini, issiq mehrini kerak bo‘lsa butun umrini bag‘shida etishgan. Muazzam Vatanimiz ham barchamizga ana shunday ehtirom va erkni  in’om etganini so‘z bilan ifodalash mushkul. Shuning uchun ham,  jannatmakon diyorimizni sevib ardoqlashga, tinchlik va osoyshtaligini ko‘z qorachig‘idek asrashga barchamiz birdek mas’ulmiz”- deya ta’kidlab o’tdi.

Shuningdek,  “Tabriyaviy va mafkuraviy” ishlar bo‘limi harbiy xizmatchisi kichik serjanti “Sodiq hizmatlari uchun” Davlat mukofoti sovrindori Shamil Ummatov so‘zga chiqib, bugungi kunda  mamlakatimiz harbiy qismlarida olib borilayotgan ishlar, yangiliklar va kelgusidagi rejalar tog’risida gapirdi. Shundan so’ng,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 2018 yil 26 noyabr kuni 71201-sonli xarbiy qismga tashrif buyurib, uni shart-sharoitlari, askarlar hayoti hamda poligon maydoniga tashriflarini aks ettiruvchi video lavha namoyish etildi.

Tadbirning ikkinchi qismi universitetning sport maydonchasida harbiy qismdan tashrif  buyurgan 44 nafar xizmatchilari tomonidan o‘tkazildi. Unda harbiy qism xizmatchilari ko‘rgazmali chiqish, qo‘l jangi mashg‘ulotlari, muhandislik jixozlari ko‘rgazmasi, qurol-aslaxa  ko‘rgazmasi hamda fahriy qorovul chiqishlari bilan qatnashdilar. Tadbirda namoyish etilgan ko‘rgazmalar va desantchilar bo‘linmasining mahsus chiqishlari talaba yoshlarda katta qiziqish  uyg‘otdi. Ular barcha qurol-aslahalarni o‘z qo’llari bilan ko‘zdan kechirib, ulardan foydalanib ko‘rdilar. Shubhasiz, ushbu tadbir davomida talaba yoshlarning armiyamiz haqida tasavvurlari yanada boyidi va harbiy xizmatchilarning barcha chiqshlari yoshlarda ijobiy taassurot qoldirdi.