25 Yan O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish

Toshkent shahridagi Uchtepa tumani 38-sonli umumiy o’rta maktab direktori G.M.Quchqorova va universitet rektori K.A.Sharipov rahbarligida o’quvchilarni kasb hunarga yo’naltirish loyihalari asosida universitet Axborot-resurs markazi, Mexatronika laboratoriyasi va Texnoparkida masterklass darslari tashkil etildi. Bu mahorat darslarida 11-sinf o’quvchilarini kasb-hunarga yo’naltirish va mehnat ta’limidan kompleks tushunchalar o’rgatildi.

Maktab o’quvchilariga ayniqsa rabototexnika, mashinasozlik, elektronika, arxitektura va dizayn yo’nalishlari bo’yicha olgan bilimlari ularning kasbiy qiziqish va qobiliyatlarini oshirishga xizmat qiladi. Universitet muhandisi A.Xudayberganov universitetda keying vaqtlarda olingan yangi loyihalar, yaratilgan robotexnika ishlanmalar va konstruktorlik natijalarni o’quvchilarga tanishtirib berdi.

Universitet Texnoparkida GM-Uzbekistan, MAN, CLASS kompaniyalar bilan hamkorlikda tashkil etilgan eng zamonaviy mashinasozlik o’quv-amaliy laboratoriyasi jihozlarini ishlatish, yangi avtomobil avlodlari bilan tanishishgan o’quvchilar kasbiy qiziqishi va ijodiy qobiliyatini oshirishga imkoniyat yaratdi.

Hozirgi kunda 10-11 sinflarda kasb-hunarga o’rgatishni ta’minlash dolzarb masalalardan biri bo’lib turmoqda, jumladan universitetda iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo’llab-qo’vvatlash va rag’batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intelektual va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intelektual va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga ko’maklashadigan turli fan olimpiadalarini tashkil etmoqda.

Related Post

“Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innova... Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida shu yilning 18-19 fevralda bo‘lib o‘tgan tadbirda ayollarining ishlanmalari bilan atroflicha tani...
“Jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish prof... Tadbir 2019-yil 14-fevral kuni universitetda Toshkent shahr IIBB jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari polkovnik S.Axmedov, Olmazor tumani...
Qalami olamni zabt etgan siymolar Ayni kunlarda millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizning barc...
“Sog’lom turmush tarzini shakllantirish” va “To’g’... O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari T.Narbaeva hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vaziri I.Madjidov tomonidan...