01 Fev Aykido jang san’ati taqdimoti bo’lib o’tdi

80х 90х yillarda Golivudda o’zining jangari filmlari bilan mashhur bo’lgan Stiven Sigalni ko’pchiligimiz albatta bilamiz. Uning jang san’atining nomi esa Ay-ki-do.
Аy-ki-doga Mirohey Uesiba tomonidan asos solingan. Aykidoning falsafasi shundan iboratki, raqibga ozor bermasdan uni qurolsizlantirish va hayotda zo’ravonlik bo’lmasligini targ’ib qilishdir. Aykido «qalb uyg’unligiga bo’lgan intilish» deya tarjima qilinishi mumkin. Aykidoda avvalambor jismoniy yetuk bo’lishdan ko’ra, qalban yetuk bo’lish ilgari suriladi.
Joriy yilning 31 yanvar kuni universitet rahbariyati va O’zbekiston AykidoЖорий йилнинг 31 январь куни университет раҳбарияти ва Ўзбекистон Айкидо Federatsiyasi hamkorligida universitet talaba-yoshlari va hodimlarini tinchlikni targ’ib qiluvchi yapon jang san’ati bilan yaqindan tanishtirish va master klass o’zkazib berish maqsadida tadbir tashkil etildi.
Unda aykido jang san’ati ustalari Abdullayev Erkin lV dan, Inoyatov Mahmud II dan o’zlarining shogirdlari bilan birgalikda ishtirok etdilar. Taqdimot davomida yig’ilganlarga aykido tarixi, falsafasi, maqsadi, shiningdek aykido asoschisi Morixey Uesiba bilan bog’liq afsonalar to’g’risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek ular tomonidan turli qurollar yordamida namoyish qilingan master klass albatta barchani juda lol qoldirdi.
Bunday tadbirlarning o’tkazilishi va tinchlikni targ’ib qiluvchi aykido kabi jang san’ati bilan shug’ullanish albatta insonga huzur bag’ishlaydi. Yaqin kunlarda universitet hududida aykido bo’yicha to’garak o’z faoliyatini boshlaydi.

Related Post

“Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innova... Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida shu yilning 18-19 fevralda bo‘lib o‘tgan tadbirda ayollarining ishlanmalari bilan atroflicha tani...
“Jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish prof... Tadbir 2019-yil 14-fevral kuni universitetda Toshkent shahr IIBB jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari polkovnik S.Axmedov, Olmazor tumani...
Qalami olamni zabt etgan siymolar Ayni kunlarda millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizning barc...
“Sog’lom turmush tarzini shakllantirish” va “To’g’... O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari T.Narbaeva hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vaziri I.Madjidov tomonidan...