08 Fev Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Yoshlar o’rtasida huquqbuzarlikni oldini olish va jinoyatchilikni bartaraf etish” hamda “Islomda ekstremizm va terrorizmga o’rin yo’q” mavzularida madaniy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi

Mamlakatimizda jinoyatchilik va uni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda bu yo’nalishda yoshlarning huquqbuzarlik yo’liga o’tishlarining oldini olishga katta e’tibor qaratilyapti. Jamiyatdagi barcha nojo’ya holatlar, jumladan oiladagi notinchlik, ta’lim muassasalari ishidagi va boshqa sohalardagi kamchiliklar yoshlarning normal rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Shu munosabat  bilan, 2019-yil 7-fevral kuni universitet ma’ruzalar zalida talabalar hamda TTPU huzuridagi Akademik litsey o’quvchi yoshlari uchun  “Yoshlar o’rtasida huquqbuzarlikni oldini olish va jinoyatchilikni bartaraf etish” hamda “Islomda ekstremizm va terrorizmga o’rin yo’q!” mavzularida Olmazor tumani IIB “Yoshlar masalasida muhim topshiriqlar bo’yicha” katta inspektor Hudoyberganova Mehribon Kamilbayevna hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi din ishlari bo’yicha qo’mita mas’ul hodimi Ma’rupov Ilhom Islomovichlar bilan uchrashuv o’tkazildi.

Ilk so’zga Olmazor tumani IIB “Yoshlar masalasida muhim topshiriqlar bo’yicha” katta inspektor Hudoyberganova Mehribon Kamilbayevna chiqib, o’z so’zida “Yoshlar o’rtasida huquqbuzarlikning oldini olish tizimining samarali ishlashi: birinchidan, profilaktika xizmatlari faoliyatining to’g’ri tashkil etilishiga, ikkinchidan, ularning vazifalari aniq belgilab berilishiga, uchinchidan, ichki ishlar idoralarining boshqa bo’linmalari va jamoatchilik bilan o’zaro hamkorlikning samarali ta’minlanishiga bog’liq”, – deb ta’kidladi.

Huquqbuzarliklar o’z-o’zidan sodir etilmaydi, asosiy masala huquqbuzarlikning oqibatlari bilan kurashish emas, balki barvaqt oldini olish, uning sabab va shart-sharoitlarini o’z vaqtida bartaraf etishdan iboratdir.

Tadbirda yoshlar o’rtasida jinoyatchilikning oldini olish, bu borada ta’lim muassasalari va ichki ishlar idoralarining hamkorligini mustahkamlash, ma’suliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu maqsadda tegishli mahalla fuqarolar yig’inlari, talim muassasalari rahbarlari, o’quvchi-talabalarning darsdan tashqari vaqtlarini samarali o’tkazishni tashkil etish bo’yicha aniq chora-tadbirlar dasturlari asosida olib borilayotgan ishlar to’g’risida artoflicha ma’lumotlar berildi.

“Islomda ekstremizm va terrorizmga o’rin yo’q!” mavzusi yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi din ishlari bo’yicha qo’mita mas’ul hodimi Ma’rupov Ilhom Islomovich so’zga chiqib, avvalo talaba-o’quvchilarni yaqinlashib kelayotgan Mir Alisher Navoiy bobokalonimiz tavallud ayyomlari bilan qutladilar,  hamda terrorizm va diniy ekstremizmning bugungi kundagi har bir davlatga tahlika solib turuvchi kirdikorlarining kelib chiqish sabablari, ko’rinishlari, yoshlarni, ayniqsa, o’z xalqining tarixini, madaniyatini, dinini yetarlicha bilmagan va shu bilmaslik yaratgan g’oyaviy bo’shliq sabab xar hil ekstremistik guruhlarga o’zlari bilib-bilmay kirib qolayotgan yigit va qizlarni to’g’ri yo’lga yo’llash, jaholatni ma’rifat bilan ma’nan yengish kerakligi haqida gapirib o’tdi.

Hozirgi kunda dunyodagi eng global muammoga aylangan ekstremizm va terrorizm hamda turli maqsadlarda faoliyat yuritayotgan guruhlarning din niqobi ostida, muqaddas Islom dinining asl mohiyatini buzgan holda qilayotgan ishlari, ayniqsa, o’z targ’ibot doirasini kengaytirish uchun ommaviy axborot vositalari, internet global tarmoqlardan keng foydalanayotganligi kishini o’yga toldiradi. Chunki, hozirgi kunda internet tarmog’i insonlar, ayniqsa, yoshlar hayotining asosiy qismiga aylanib qolayotganligi natijasida ekstremizm bilan bog’liq muammolar, jumladan aldanib qolayotgan, internet tarmoqlaridagi buzg’unchi va yod g’oyalar iskanjasiga tushib, mazkur guruhlarga beihtiyor kirib qolayotgan yoshlarning ko’payib borayotganligi har birimizdan xushyorlikni oshirish muhumligi masalalari aytib o’tildi.

Tadbir talaba-o’quvchi yoshlarga ma’qul kelib, ular O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi din ishlari bo’yicha qo’mita mas’ul hodimi Ma’rupov Ilhom Islomovich bilan savol-javob tarzida samimiy suhbatda bo’ldilar.

 

Related Post

“Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innova... Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida shu yilning 18-19 fevralda bo‘lib o‘tgan tadbirda ayollarining ishlanmalari bilan atroflicha tani...
“Jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish prof... Tadbir 2019-yil 14-fevral kuni universitetda Toshkent shahr IIBB jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari polkovnik S.Axmedov, Olmazor tumani...
Qalami olamni zabt etgan siymolar Ayni kunlarda millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizning barc...
“Sog’lom turmush tarzini shakllantirish” va “To’g’... O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari T.Narbaeva hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vaziri I.Madjidov tomonidan...