20 Fev “Sog’lom turmush tarzini shakllantirish” va “To’g’ri ovqatlanish-salomatlik garovi” mavzularida o’tkazilgan tadbir

O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari T.Narbaeva hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vaziri I.Madjidov tomonidan tasdiqlangan “O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi hamkorligida 2019-yil davomida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi”ning 9-bandida ko’zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2019-yil 13-fеvral kuni universitetda Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son fakultet va gospital terapiya kafedrasi dotsenti Nigora Axmedova ishtirokida “Sog’lom turmush tarzini shakllantirish” va “To’g’ri ovqatlanish – salomatlik garovi” mavzularida davra suhbati o’tkazildi.

“Odatda ko’plab kasalliklar noto’g’ri ovqatlanish oqibatida yuzaga keladi, hozirgi kunda odam organizmi uchun 13 turdagi vitaminlar zarurligi fanda isbotlangan. Bular kalsiy, natriy, magniy, kaliy, fosfor, yod, temir va boshqa moddalar. Ularni biz asosan meva-sabzavotlar, ko’katlar, poliz hamda sut, go’sht parranda, baliq, tuxum, dukkakli mahsulotlardan olamiz. Umuman olganda, yozgi oziq-ovqatlar tarkibini 28% yog’, 55% esa oqsil, 17% uglevodlar tashkil etishi kerak. Shu bois yoz mavsumida okroshka, go’ja kabi parhezli taomlarni iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Ular ham to’yimli, ham mazali” – deydi Nigora Axmedova.

Shuningdek, inson salomatligiga va davomiyligiga ta’sir etuvchi omillar -turmush tarzi, nasliy omillar, ekologik omillar va tibbiy omillar, sog’lom turmush tarzini shakllantirishdagi asosiy yo’nalishlari- so’glom ovqatlanish, noto’g’ri ovqatlanish sababli kelib chiqadigan kasalliklar haqida so’z yuritiladi.

Talaba va o’quvchi qizlar ishtirokida ko’rgazmali qurol sifatida olib kelingan oziq-ovqatlardan foydali va zararli mahsulotlar ikki turga ajratilib batavsil ma`lumot berildi. Musobaqa tarzida o’tkazilgan ushbu mashqqa o`qituvchilar ekspert bo’lib qatnashdilar.

Tadbir davomida “Mina o’yini” o’ynalib, unda 4 nafar xodim va talaba qizlar ishtirok etdilar. Mutahassis tomonidan berilgan savollarga tezkor javob bergan va aktiv tarzda ishtirok etgan tinglovchilarga sovg’alar topshirildi va rag’batlantirildi. Tadbir mavzusi tinglovchilarga manzur kelib o’zlari qiziqtirgan savollarga mutahassis tomonidan to’liq va mazmunli javob oldilar.