22 Fev “Jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish profilaktikasi” mavzusida o’tkazilgan tadbir

Tadbir 2019-yil 14-fevral kuni universitetda Toshkent shahr IIBB jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari polkovnik S.Axmedov, Olmazor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish  boshqarmasi boshlig’ining 1-o’rinbosari podpolkovnik B.Yusufjanov, Olmazor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish  boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari podpolkovnik A.Fozilov hamda podpolkovnik A.Bahromovlar bilan universitet professor-o’qituvchilari, talabalar, TTPU huzuridagi Akademik litsey va Toshkent qurilish milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolledji o’quvchi-yoshlaridan iborat jami                     290 nafar tinglovchilar uchun profilaktik  tadbir o’tkazildi.

Insoniyat taraqqiyotining yangi-yangi cho’qqilarini zabt etmoqda. Biroq jahonda xalqlar, millatlar kelajagiga tahdid tug’diruvchi bir qancha omillar hamon saqlanib qolmoqda. Ana shunday xatarlardan biri giyohvandlik balosidir. Global muammoga aylangan ushbu illatga qarshi kurashishda IIВ va o’quv muassasalarining hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirni yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A.Ashurov ochib berib, so’zni Olmazor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish  boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari podpolkovnik A.Fozilovga topshirdi.                            U o’z ma’ruzasida “Hozirgi kunda yer yuzidagi narkobiznessda aylanayotgan pul mablag’i dunyo aholisining oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, ta’lim tizimi va tibbiy xizmatga sarflayotgan xarajatlaridan ancha ko’pligi hech kimga sir emas. Eng achinarlisi, giyohvandlik og’ir va o’ta og’ir jinoyatlarning sodir etilishiga, oilalar va millat genofondining buzilishiga sabab bo’lmoqda“ – deb ta’kidladi.

“O’tgan qisqa vaqt mobaynida mamlakatimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Ichki ishlar organlari tizimi tubdan takomillashtirildi, profilaktika inspektorlarining bilimi va kasb tayyorgarligini oshirish, ular uchun munosib ish sharoiti yaratish choralari ko’rildi. Natijada joriy yilning ikki oyida o’tgan yilning shu davriga nisbatan Olmazor tumanida jinoyat sodir etish holatlari 300 tadan uch barobar kamayishiga erishildi” deydi Toshkent shahar IIBB jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari polkovnik S.Axmedov o’z ma’ruzasida.

Tadbir so’ngida “Ajalga eltuvchi yo’llar” nomli videorolik namoyish etildi hamda  A.Fozilov tomonidan ushbu rolikda ko’zda tutilgan giyohvandlik oqibatida sodir etiladigan ko’ngilsizliklar talaba-o’quvchilarga yana bir bor ta’kidlab o’tildi.

Related Post

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti... 25 mart kuni universitetimizga Koreyaning Sun Moon universiteti prezidenti Sun Jo Hvang boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif doirasida...
“Quvnoq startlar” sport musobaqasi Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2019 yil 19 mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti ayol xodimlari va “AvtoO...
Aziz vatandoshlar, qadrli hamkasblar va universite... Ona diyorimizga yasharish, yangilanish va nafosat fasli bahor o’zining go’zal ayyomlari bilan tashrif buyurdi. Bugun yurtimizning qay bir go’shasiga b...
“Avtomobil dizaynining rivojlanishida jahon tenden... “AVTOMOBIL DIZAYNINING RIVOJLANISHIDA JAHON TENDENSIYALARI” mavzusida bo’lib o’tgan seminar-trening Toshkent shahridagi Turin politexnika universite...