05 Mar Notiqlik san’ati sirlari

Universitetimizda 28 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi mukofotining laureati va “Eng yaxshi voiz” Respublika ko‘rik-tanlovining sovrindori, filologiya fanlari nomzodi, Antique world — “Antik dunyo” Xalqaro ilmiy akademiyasining akademigi, dotsent va notiq “Noqtiqlik san’ati akademiyasi” rahbari Rahimboy Jumaniyozov  bilan  uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda universitetimiz professor-o’qituvchilari, xodimlar va talabalar ishtirok  etishdi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan ushbu tadbirda Rahimboy Jumaniyozov  yig’ilganlarga so’zning kuchi, so’zlash  madaniyati va bugungi kunda muloqot jarayonida biz qo’llayotgan so’zlarning mohiyati to’g’risida gaprar ekan, notiqlik san’atiga qadimdan alohida ahamiyat berilganligini ta’kidlab o’tdi. Shuningdek, ta’lim jarayonida so’zlash, tinglash va anglashning nafaqat talabalar balki o’qituvchilar uchun ham muhim ekanligini misollar yordamida tushuntirib berdi.

Ushbu tadbirning yana bir mehmoni O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Mehnat shuhrati” va “El-yurt hurmati” ordenlari sohibi adib   Farmon Toshevning talabalar bilan o’tkazgan interaktiv o’yinlari hamda nutqning ta’sirchangligi to’g’risidagi samimiy suhbati yig’ilganlarda  katta taassurot qoldirdi.

Bundan tashqari tadbirda bugungi kundagi global muammolar xususan, terrorizm, odam savdosi  va giyohvandlik kabi  salbiy illatlar, va ularning ta’siriga tushib qolayotgan yoshlarning ayanchli qismatlari xususida fikrlar bildirildi va talabalarga aynan giyohvandlikning mudhish oqibatlari to’g’risida hikoya qilingan “Qora ilon” nomli film namoyish etildi.

 

Related Post

“Quvnoq startlar” sport musobaqasi Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2019 yil 19 mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti ayol xodimlari va “AvtoO...
Aziz vatandoshlar, qadrli hamkasblar va universite... Ona diyorimizga yasharish, yangilanish va nafosat fasli bahor o’zining go’zal ayyomlari bilan tashrif buyurdi. Bugun yurtimizning qay bir go’shasiga b...
“Avtomobil dizaynining rivojlanishida jahon tenden... “AVTOMOBIL DIZAYNINING RIVOJLANISHIDA JAHON TENDENSIYALARI” mavzusida bo’lib o’tgan seminar-trening Toshkent shahridagi Turin politexnika universite...
Тошкент шаҳридаги Турин политехника университети “... Энг нуфузли ва замонавий олий ўқув юрти талабаси бўлишни истаган ҳурматли ёшлар, академик литцей ва касб-ҳунар колледжлари битирувчилари, барча абитур...