05 Mar “Yoshlik malikasi” ko’rik-tanlovi yakuniy bosqichi

 “Yoshlik malikasi” ko’rik-tanlovi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5325 sonli Farmoniga asoslangan xolda mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faoligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o’z qobiliyat va imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi maqsadida o’tkaziladigan tanlov hisoblanadi.

Tanlovni tashkil etishdan maqsad – talaba-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o’z qobiliyat va imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishlari uchun sharoit yaratish, ularning intellektual salohiyati va ma’naviy saviyasini yuksaltirishdan iborat.

Mazkur tanlovda “Yoshlik” talabalar shaharchasida mavjud oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi va talabalar turar joylarida istiqomat qiladigan va bakalavriat bosqichida tahsil oladigan barcha talaba-qizlar tanlovda ishtirok etdilar. Tanlov O’zbekiston yoshlar ittifoqi, “Yoshlik” shaharchasi Yetakchilar Kengashi va tanlovning hakamlar hay’ati tomonidan amalga oshirildi.

2019-yil 4-mart kuni Toshkent shahar Yoshlar markazida tanlovning ikkinchi bosqichi tashkil etildi. Mazkur bosqichda 5 nafar tanlovining oliy ta’lim muassasa bosqichlari g’oliblari ishtirok etib, ular to’rtta – “Ko’zgu oldidagi men”, “Bilimdonlik sinovi”, “Language skills”, “Ijod gulshani” kabi shartlar bo’yicha bellashdilar. Tanlovda Toshkent tibbiyot akademiyasi, O’zbekiston milliy universiteti, Toshkent texnika universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetidan “Yoshlik malikasi”ga davogar talaba-qizlar ishtirok etdilar.

Universitetimiz 1-bosqich talabasi Usmanova Robiya 5 nafar raqiblari bilan haqqoniy bellashdi. Yuqorida ta’kidlangan birinchi shart bo’yicha mustaqil tayyorlagan o’zi haqidagi slaydni namoyish etdi, ikkinchi shartda “Bilimdonlik sinovi”dan barcha savollarga aniq javob berib o’tdi va Robiya Usmanova uchinchi shart  “Language skills”da ingliz tilida yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida fikr bildirdi hamda uning nutqi, talaffuzi uchun hakamlar hay’ati a’lo baho berdilar, so’nggi “Ijod gulshani” shartida  Robiya Usmanova va Xujaev Sardorbek “Bahor sog’inchi” nomli kuyga raqs ijro etdilar.

Yakunlov natijalarga ko’ra Robiya Usmanova 3-o’rinni egallab, 3-darajali diplom hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

Related Post

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti... 25 mart kuni universitetimizga Koreyaning Sun Moon universiteti prezidenti Sun Jo Hvang boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif doirasida...
“Quvnoq startlar” sport musobaqasi Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2019 yil 19 mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti ayol xodimlari va “AvtoO...
Aziz vatandoshlar, qadrli hamkasblar va universite... Ona diyorimizga yasharish, yangilanish va nafosat fasli bahor o’zining go’zal ayyomlari bilan tashrif buyurdi. Bugun yurtimizning qay bir go’shasiga b...
“Avtomobil dizaynining rivojlanishida jahon tenden... “AVTOMOBIL DIZAYNINING RIVOJLANISHIDA JAHON TENDENSIYALARI” mavzusida bo’lib o’tgan seminar-trening Toshkent shahridagi Turin politexnika universite...