07 Mar “O’zbekiston ayollarining 100ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II Respublika tanlovi g’olibalari tantanali taqdirlandi!

Toshkent shahridagi INXA universitetida “O’zbekiston ayollarining 100ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II Respublika tanlovi g’oliblarini tantanalai taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Tanlovning birinchi bosqichida 4000dan ziyod iqtisodiyot tarmoqlariga foydasi tegadigan texnik loyihalar, ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion ishlanmalar, ixtirolar taqdim etildi. “O’zbekiston ayollarining 100ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II-Respublika tanlovining yakuniy bosqichida mamlakatimizning barcha hududlaridan tavsiya etilgan 300dan ziyod ishtirokchilarning hujjatlari va innovatsion loyihalari Respublika ekspertlar kengashi tomonidan ko’rib chiqildi hamda ularning taqdimotlari eshitilib, keng muhokama qilindi.

Loyihalar ichidan 100ta eng munosib loyihalar va ularning mualliflari tanlovning  g’oliblari sifatida tanlab olindi.

Ular orasidan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti 2-bosqich talabasi Abdikalikova Surayyo ham loyihasi saralab olinib, “Iqtidorli qizning eng istiqbolli innovatsion g’oyasi” nominatsiyasi bo’yicha go’lib bo’lganligi uchun diplom bilan taqdirlandi.

Universitet rahbariyati Abdikalikova Surayyoning g’alabasi bilan qutlaydi hamda kelgusida bundan-da ulkan innovatsion ishlanmalar yaratishini tilaydi.