11 Mar Jismoniy barkamollik – go’zallik ramzidir!

O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari tomonidan 2019 yil 22 yanvarda tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 20 sentyabrda kuni jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilishda belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan                      2019 yilda aholining barcha qatlamlari o’rtasida o’tkaziladigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi”ga muvofiq Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2019 yil 5 mart kuni talaba-qizlar o’rtasida “Quvnoq startlar”i o’tkazildi.

Ushbu “Quvnoq startlar”ini o’tkazishdan maqsad “8-mart Halqaro xotin-qizlar kuni” arafasida talaba-qizlarga bahoriy va bayramona kayfiyat ulashish hamda  talaba-qizlarni bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish, yoshlarni epchil, irodali, jasur qilib tayyorlash, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, bundan tashqari qizlarni o’zlari qiziqqan sport turlari bilan muntazam shug’ullanishlari uchun zamin yaratishdan iborat.

“Quvnoq startlar”da universitet birinchi va ikkinchi kurs talaba-qizlaridan iborat bir nechta jamoa ishtirik etdi. Sportsevar qizlarning chaqqonligi, ziyrakligi va birdamligi sinovdan o’tkazildi. Talaba-qizlar bir nechta shartlar bo’yicha bellashdilar. Ular: 1. Xalqa ichida turgan to’plarni ikki qo’lda ko’tarib tezlik bilan marraga etish, arqon bilan chopish va estafeta tayoqchasini navbatdagi sherigiga yetkazish, to’siqlar bilan harakat qilish (to’siqlar orqali harakat qilish, to’siqlardan o’tish),  ishtirokchi ikki oyoqda turgan joydan sakraydi, so’ng bir oyoqda sakrab to’siqni aylanib o’tib, marraga qaytish, sport anjomlari bilan yugurish, halqaga stol tennisi to’pini tushurish, marradan turib basketbol to’pi orqali belgilangan joyga qo’yilgan gandbol to’pini urib kim uzoqqa yetkazish, qizlar sheriklari yordamida oyoqlari ko’tarilgan holatda emaklab to’siqni aylanib qaytish  kabi murakkab shartlarda g’oliblik uchun kurashdilar.

Sport  bellashuvi jami 20 nafar ishtirokchini qamrab oldi. So’nggi natijalarga ko’ra birinchi kurs qizlari g’olib bo’ldilar. Talaba-qizlardan iborat ishtirokchilarga faxriy yorliq va sovg’alar bilan topshirildi.

Related Post

“Quvnoq startlar” sport musobaqasi Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2019 yil 19 mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti ayol xodimlari va “AvtoO...
Aziz vatandoshlar, qadrli hamkasblar va universite... Ona diyorimizga yasharish, yangilanish va nafosat fasli bahor o’zining go’zal ayyomlari bilan tashrif buyurdi. Bugun yurtimizning qay bir go’shasiga b...
“Avtomobil dizaynining rivojlanishida jahon tenden... “AVTOMOBIL DIZAYNINING RIVOJLANISHIDA JAHON TENDENSIYALARI” mavzusida bo’lib o’tgan seminar-trening Toshkent shahridagi Turin politexnika universite...
Тошкент шаҳридаги Турин политехника университети “... Энг нуфузли ва замонавий олий ўқув юрти талабаси бўлишни истаган ҳурматли ёшлар, академик литцей ва касб-ҳунар колледжлари битирувчилари, барча абитур...