11 Mar “Lazerli skanerlash va zamonaviy monitoring” mavzusida ilmiy seminar bo’lib o’tdi.

Toshkentdagi Turin Politexnika Universitetida (TTPU), Kaliforniya Universitetining  Tinch Okeani Zilzilalarni o’rganish ilmiy tadqiqot markazi eksperti, professor Shahzod Taxirov bilan birgalikda 2019 yil 7 fevralda “Lazerli skanerlash va zamonaviy monitoring” mavzusida  ilmiy seminar tashkil etildi.

Seminarda Berklidagi Kaliforniya universitetida  joylashgan Tinch Okeani zilzilalarni o’rganish ilmiy tadqiqot markazi yetakchisi, muhandis-seysmolog, Shahzod Taxirov ma’ruza qildi. U Berklidagi Kaliforniya universitetida o’qish haqida qisqacha gapirib berdi, seminar davomida Shahzod Taxirov AQSh va O’zbekistonda lazerli skanerlash va zamonaviy monitoring usullarini taqdim etdi. Seminarda professor-o’qituvchilar, yosh tadqiqotchilar, muhandislar va universitet talabalari ishtirok etishdi.