19 Mar “Avtomobil dizaynining rivojlanishida jahon tendensiyalari” mavzusida seminar

“AVTOMOBIL DIZAYNINING RIVOJLANISHIDA JAHON TENDENSIYALARI”
mavzusida bo’lib o’tgan seminar-trening
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida joriy yilning 15- fevralida Amerika Qo’shma Shtatlaridan tashrif buyurgan SF Motors kompaniyasining avtomobil dizayni bo’yicha direktori Kulijanov Alixan Joldasovich tomonidan “AVTOMOBIL DIZAYNINING RIVOJLANISHIDA JAHON TENDENSIYALARI” mavzusida seminar-trening hamda master-klass tashkil etildi. Unda universitet professor-o’qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.
Alixan Joldasovich AQShning yetakchi avtomobil konsernlarida avtomobil dizayni bo’yicha ko’p yillardan beri ishlab kelayotgan va katta tajribaga ega mutaxassis bo’lib, Escalade, Chevrolet Tahoe, Buick Enclave, GMC Yukon, Opel Corsa kabi boshqa bir qator markali avtomobillarni ishlab chiqaruvchi dizayner hisoblanadi. Shuning uchun ham, bo’lib o’tgan seminar-trening ayniqsa mashinasozlik texnologiyasi yo’nalishida tahsil olayotgan talaba yoshlarda katta taassurot qoldirdi va talabalar seminar jarayonida mutahassisga o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
Tashkil etilgan seminar-trening hamda master-klassning asosiy maqsadi mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoatida amalga oshirilayotgan islohotlarga, xususan, zamonaviy talablar darajasida mahalliy avtomobillarni loyihalash va dizaynini yaxshilashga qaratilgan dasturlarni amalga oshirishda yurtdoshlarimiz va ushbu sohaning mutahassislari bo’lgan yoshlar salohiyatini jalb qilishdan iborat bo’ldi.