20 Mar Aziz vatandoshlar, qadrli hamkasblar va universitetimiz talabalari!

Ona diyorimizga yasharish, yangilanish va nafosat fasli bahor o’zining go’zal ayyomlari bilan tashrif buyurdi. Bugun yurtimizning qay bir go’shasiga bormang, ulkan o’zgarishlardan, milliy bayramimiz Navro‘zi olamni nishonlash uchun ko’rilgan tayyorgarlikdan, atrof-muhitning betakror tarovatidan ko‘zingiz quvnaydi. Chindan ham, bahor bizning yurtimizdan boshlanadi.

Qalblarimiz shodlik va quvonchga to‘lgan, mana shundan quvonchli onlarda avvalo, barchangizni xalqimizning eng ardoqli va qutlug‘ ayyomi – Sharqona yangi yil bilan chin qalbimizdan qutlaymiz va muborakbod etamiz. Barchalaringizga sihat-salomatlik, xotirjamlik, baxt-saodat, oilalaringizga fayzu baraka, farovonlik tilaymiz. Bahor bayramingiz yana bir bor muborak bo‘lsin.

Hurmat bilan,
Universitet Ma’muriyati.